Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

quyidagi 
xususiyatlarga ega: 
• depozitning bu turida mijoz xohlagan vaqtida, xohlagan summada 
mablag‗ni qo‗yishi yoki olishi mumkin; 
• depozit muddati chegaralanmagan; 
• kam miqdorda foiz to‗lanadi; 
• bu turdagi depozitlar bo‗yicha Markaziy bankka o‗tkaziladigan 
majburiy zaxiralar salmog‗i yuqori va h.k. 
Talab qilingungacha bo‗lgan depozitlar bo‗yicha hisob varaqalari 
egalari tomonidan joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi 
141
Buning uchun u joriy monitoringlar o‗tkazadi, ularning vakillik hisob 
varaqlarini tahlil qiladi va asosan o‗zi kreditlarni joylashtirish va jalb et-
ish uchun qatnashadigan banklararo kredit bozori – O‗zbekiston Respu-
blikasi Valyuta birjasi huzuridagi kredit resurslari kimoshdi savdosini 
kuzatib boradi. 
Tijorat banklarining likvid holatini saqlashga yo‗naltiriladigan, 
ularni qayta moliyalash uchun beriladigan kreditlar miqdori, 
shuningdek, qayta moliyalash stavkasi, Markaziy bank tomonidan pul-
kredit siyosatining joriy vaqtdagi aniq vazifalariga muvofiq hamda pul-
kredit siyosatining asosiy yo‗nalishlarini hisobga olgan holda belgila-
nadi. Bunda qayta moliyalash stavkasi inflyatsiya darajasidan kelib 
chiqqan holda o‗zgartirilishi mumkin. 
Markaziy bank yuqorida aytilgan qonunga muvofiq, tijorat 
banklariga ta‘minlanganlik, muddatlilik, to‗lovlilik, qaytarib berishlik 
shartlari asosida milliy valyutada lombard kreditini berishi mumkin. 
Lombard krediti qayta moliyalash shakllaridan biri bo‗lib, ushbu kredit 
davlat qisqa muddatli obligatsiyalarini garovga qo‗yish yo‗li orqali beri-
ladi.
Qayta moliyalash kreditlari O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining maxsus ko‗rsatmalari bo‗yicha, ularda belgilangan shartlar 
asosida Markaziy bank hududiy Bosh boshqarmalari va tijorat banklari 
o‗rtasida tuziladigan kredit shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling