Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

quyidagilarga bo„linadi
143
Banklar tomonidan aniq maqsadli kredit resurslaridan belgilan-
gandan tashqari maqsadlarda foydalanilishiga yo‗l qo‗yilgan hollarda, 
ushbu kreditlar muddatidan oldin qaytarib olinadi. 
Qayta moliyalash kreditlari bo‗yicha marja darajasi O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga berilgan qayta mo-
liyalash kreditlarining hisobini yuritish bo‗yicha operatsiyalar balans-
dagi 12101-―Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli ssudalar‖ 
(Markaziy bankda) va 21602-―O‗zbekiston Respublikasi Markaziy ban-
kidan olingan qisqa muddatli ssudalar‖ (tijorat bankida) balans 
hisobvaraqlarida aks ettiriladi. 
Muddati kechiktirilgan qayta moliyalash kreditlari hisobi balans-
dagi 12109-―Boshqa banklarga berilgan muddati kechiktirilgan qisqa 
muddatli ssudalar‖ hisob varag‗ida aks ettiriladi. 
Muddati o‗tgan qayta moliyalash kreditlari hisobi balansdagi 
12105-―Boshqa banklarga berilgan muddati o‗tgan ssudalar‖ hisob 
varag‗ida aks ettiriladi. 
 
7-§. Xorijiy banklar amaliyotida banklarning resurs bazasini 
shakllantirish usullari 
AQShda resurs bazasining shakllanishiga qarab moliya institutlari 2 
kategoriyaga bo‗linadi: 
1. Depozit institutlar 
2. Nodepozit institutlar. 
Depozit institutlar 
Tijorat banklari depozit institutlarga kiradi va hukumat agentlariga, 
tadbirkorlarga, jismoniy shaxslarga chek va jamg‗arma hisob 
raqamlarini ochadi. Tijorat banklari aksiyadorlarning kapitali asosida 
korporatsiya shaklida tashkil etiladi.
Jamg‗arma va ssuda assotsiatsiyalari ko‗chmas mulkni garov 
asosida kreditlash va jamg‗arma hisob raqamlarini yuritishga 
ixtisoslashgan. Tijorat banklari o‗z faoliyatini biznes sohasi va xususiy 
shaxslar bilan yirik operatsiyalar o‗tkazishga yo‗naltirsa, jamg‗arma va 
ssuda assotsiatsiyalari yakka tartibdagi mijozlarga xizmat ko‗rsatadi.Bu 
tashkilotlarning jamg‗arma va kreditlash xizmatlari foizli chek hisob 


142
Ayrim hollarda tijorat banklarining vakillik hisob varaqlarida 
mablag‗lar umuman bo‗lmagan yoki yetarli bo‗lmagan holatlarda 
kechiktirib bo‗lmaydigan to‗lovlarni amalga oshirish uchun tijorat ban-
kiga, istisno tariqasida O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
ruxsati bilan uning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari taqdimnomasi 
bo‗yicha bank likvidligini qo‗llab-quvvatlash uchun kredit berilishi 
mumkin. 
Bu kreditni olish huquqiga O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining iqtisodiy normativlariga rioya etadigan, zaxira, majburiy zaxi-
ra shartlarini to‗liq bajaradigan, tijorat banklariga beriladigan, ya‘ni 
kreditni qaytmaslik riski yo‗q va u muddatida foizi bilan to‗liq qaytishi 
ta‘minlangan holda beriladi. Kredit 7 ish kuni muddati bilan tijorat banki 
tomonidan kredit resurslarini tartibga solish fondiga o‗tkaziladigan 
mablag‗larning 30 foiz miqdorida beriladi. Kreditning o‗z vaqtida, to‗liq 
qaytmaslik hollari yuz berganda yoki kredit shartlari buzilgan hollarda 
Markaziy bank tijorat bankiga nisbatan kredit shartnomasida 
ko‗rsatilgan choralarni qo‗llash huquqiga ega. Agar kreditning qaytmas-
lik hollari yuz bersa Markaziy bank garov yoki boshqa mol-mulkini 
talab qilib olishga haqli. 
Ushbu kredit bo‗yicha foiz stavkasi Markaziy bank amaldagi qayta 
moliyalash stavkasiga bog‗liq bo‗ladi. 
Tijorat bankida Markaziy bank tomonidan unga ilgari berilgan 
ushbu kreditlar bo‗yicha muddati o‗tgan qarzdorlik vujudga kelgan 
hollarda, quyidagi ta‘sir choralari qo‗llaniladi: 
- belgilangan foiz stavkasi 2 baravar oshiriladi; 
- ―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‗g‗risida‖gi qo-
nunning 59-moddasiga binoan muddati o‗tgan qarz bosh bank hisob 
varag‗idan undirib olinadi. Agar bosh bank hisob varag‗ida qarzlarni 
qoplaydigan miqdorda mablag‗lar bo‗lmasa, ushbu qarz to‗la qay-
tarilmaguncha bank vakillik hisob varag‗i bo‗yicha operatsiyalar 
to‗xtatiladi. 
Muddatidan oldin bo‗shagan qayta moliyalash kreditlarini o‗z 
vaqtida qaytarmaganlik uchun tijorat banklariga nisbatan Markaziy bank 
garovga qo‗yilgan mulkni sotish yoki kafolat xati bo‗yicha talabnoma 
qo‗yish orqali qarz summasini undirib olish huquqiga ega. 
131
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar); 
jismoniy shaxslar. 
Mablag‗larni olish shakliga ko‗ra depozitlar quyidagilarga 
bo‗linadi: 
- muddatli depozitlar; 
- talab qilib olingunga qadar depozit mablag‗lar; 
aholining jamg‗arma qo‗yilmalari. 
O‗z navbatida, bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tas-
niflanadi. Muddatli depozit mablag„lar ularning muddatidan kelib 
chiqib tasniflanadi; 
1) 3 oy muddatgacha depozitlar; 
2) 3 oydan 6 oygacha depozitlar; 
3) 6 oydan 9 oygacha depozitlar; 
4) 9 oydan 12 oygacha depozitlar; 
5) 12 oydan yuqori bo‗lgan depozit mablag‗lar. 
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‗larning yuqori likvidlik dara-
jasini ushlab turish va ma‘lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab 
beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib turli 
aktivlarga joylashtiriladi. 
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda 
muhim vosita bo‗lib turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo‗yilgan 
mablag‗larga daromad olish mijozlarni qo‗yilma qo‗yishga undovchi 
muhim omil hisoblanadi. Depozit bo‗yicha foiz stavkalari darajasini har 
bir tijorat banki O‗zbekiston Respublikasi markaziy qayta moliyalash 
stavkasi, pul bozori holati va o‗zining depozit siyosatidan kelib chiqib
mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit bo‗yicha daromad hajmi qo‗yilma 
muddati, summasi, hisob varag‗ini amal qilish xususiyati, xizmatlar 
hajmi va xarakteri va nihoyat mijozning qo‗yilma shartnomasi shartlari-
ga bog‗liq.

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling