Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Talab qilib olinguncha depozitlar –


Download 5.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/337
Sana03.11.2023
Hajmi5.53 Mb.
#1742962
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   337
Bog'liq
bank ishi (2) (1) (1)

Talab qilib olinguncha depozitlar – bu bankni oldindan 
ogohlantirmay mijoz tomonidan xohlagan vaqtda talab qilib olinadigan 
mablag‗lardir. 
Ularga joriy, hisob-kitob, byudjet va hisob-kitoblarni amalga oshiri-
shi yoki mablag‗lardan maqsadli foydalanish bilan bog‗liq hisob-
varaqalardagi mablag‗larni, boshqa banklarning vakillik hisobva-
rag‗idagi qoldiqlarni kiritish mumkin. Talab qilinguncha depozitlar joriy 
hisob-kitoblar uchun mo‗jallangan. Bu hisob varaqdagi mablag‗lar hara-
kati naqd pul, pul o‗tkazish, boshqa hisob-kitob hujjatlari bilan 
rasmiylashtirilishi mumkin. Bank likvidligini boshqarish nuqtayi nazari-


132
dan qaraganda, joriy va byudjet hisob varaqlari, kapital qo‗yilmalarni 
moliyalashtirish bo‗yicha hisob varaqlar, maxsus hisob varaqlar banklar 
uchun foydaliroq hisoblanadi. Chunki bu mablag‗lar yuqori likvidlilikka 
ega. Bu depozit turining mijoz uchun asosiy kamchiligi – ular bo‗yicha 
juda kam miqdorda foizlarning to‗lanishi yoki umuman to‗lanmasligidir. 
Bank uchun esa bunday depozitlar uzoq muddatga kredit berish uchun 
foydalanishi mumkin bo‗lgan bank resurslari sifatida ishlatila olmas-
liklaridir. Bundan tashqari, joriy va byudjet hisob varaqa egalari aksari-
yat hollarda kredit olmaydilar, bu esa banklarga mablag‗larni o‗z rejalari 
asosida ishlatishga imkon beradi. 
Talab qilib olguncha bo‗lgan depozitlarga banklarning korrespon-
dent banklarda ochilgan vakillik hisob varaqalaridagi mablag‗larini ham 
kiritish mumkin. Bu hisob varaqalar ular hisob-kitoblarni va to‗lovlarni 
bir tomonlama tartibda yoki bir birlarining topshiriqlari bo‗yicha amalga 
oshirish maqsadida ochilgan. Mazkur bankning boshqa bankda ochilgan 
vakillik hisob varag‗i «Nostro» schyoti, mazkur bankning boshqa bank 
uchun ochgan vakillik hisob varag‗i «Loro» schyoti deb yuritiladi va 
bunday hisob varaqalarini ochish banklararo imzolangan shartnomaga 
muvofiq amalga oshiriladi. Bu hisob varaqalardan to‗lovlar, qoidaga 
ko‗ra, ulardagi mablag‗lar hajmi chegarasida amalga oshirilishi kerak. 
Ular bo‗yicha mavjud mablag‗lardan ko‗proq operatsiyalar o‗tkazish za-
ruriyati tug‗ilganda, vakilga alohida balans hisob varag‗idan overdraft 
krediti berilishi mumkin. 
Talab qilib olinguncha bo‗lgan depozitlarga kontokorrent hisob 
varag‗i mablag‗larini ham kiritish mumkin. 
Xalqaro bank amaliyotida talab qilib olinguncha depozitlardan 
tashqari nau-hisob varaqalar (uchinchi shaxs foydasiga hisob hujjatlarini 
yozib berish), bank tomonidan belgilanadigan hisob cheklari ham kiri-
tiladi. 
Talab 
qilib 
olingungacha 
bo‗lgan 
depozitlar 

Download 5.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   337




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling