Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
«shubhali» deb tasniflanadi. Bunda yo‗qotishlar
k o‗rish ehtimoli yuqori bo‗lgan, lekin ayrim ijobiy omillari mavjud b o‗lgan aktivlar sifati sharoit oydinlashguncha «umidsiz» deb tasniflanmaydi. Tijorat banki sifati «shubhali» deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining ellik foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Shartnomada belgilangan muddatda qaytarilmagan yoki qaytmasligidan dalolat beruvchi omillar yoki alomatlar mavjud b o‗lgan hamda qaytmaydigan yoki qiymati juda pastligi tufayli hisobini balansda aktiv sifatida yuritilishi maqsadga muvofiq emas deb baholanadigan, aktivlarning undirilishi sud jarayonida b o‗lgan; - qarzdor va lizing oluvchidan undirilgan, garovga q o‗yilgan mol- mulkka b o‗lgan huquqlardan foydalanish yo‗li bilan tijorat banki tomonidan balansga qabul qilingan kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan va bank faoliyatini kengaytirish uchun sotib olingan binodan ikki yil mobaynida foydalanilmagan hamda bank faoliyati uchun ortiq foydalanilmay q o‗yilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida sotilmagan b o‗lsa; - aktivlarning t o‗lash muddati uzaytirilgan bo‗lsa; 162 - asosiy qarz va foizlar b o‗yicha 180 kundan ortiq kunga muddati o‗tgan qarzdorlik mavjud bo‗lsa, bunday aktivlar sifati «umidsiz» deb tasniflanadi. Tijorat banki tomonidan ta‘minotga olingan mulkni sotish orqali bunday qarzdorlikni bartaraf etish yoki uni qaytarish choralari q o‗llanishi lozim. Tijorat banki sifati «umidsiz» deb tasniflangan aktivlar uchun ularning qaytarilmagan asosiy qarz (qoldiq) summasining yuz foizi miqdorida maxsus zaxira shakllantirishi lozim. Aktivlarning sifat darajasiga qarab shakllantirilgan zaxiralarning yetarliligi davriy ravishda kamida oyiga bir marotaba tahlil qilinishi, zarur hollarda, q o‗shimcha zaxiralar yaratilishi lozim. Agar qarzdor bir nechta tijorat bankidan kredit olgan va ularning birida qaytarilishi lozim b o‗lgan aktivlar sifati eng past toifada tasniflangan b o‗lsa, boshqa tijorat banklari ham ushbu qarzdorga berilgan aktivlar sifatini mazkur toifada tasniflashlari lozim. Aktiv sifati «umidsiz» deb tasniflanishi bilan 3 ish kuni ichida uning hisobi balansdan tashqari moddalarda aks ettirilishi va tegishli maxsus zaxiralar kamaytirilishi lozim. Zararlar ular tan olingan davrda hisobdan chiqarilishi kerak. Quyida keltirilgan omillardan hech b o‗lmaganda bittasi mavjud b o‗lishi, Markaziy bank tomonidan muayyan aktivlar sifatini yanada salbiy tasniflash uchun asos b o‗ladi: - tijorat banki kredit portfeli umumiy holatining yomonlashuvi; - tijorat bankida kreditlar berishga doir yetarli tahlil va tekshiruvlarning o‗zgarishi yoki mavjud emasligi; - tijorat banki shu tarmoq va sohaga berilgan kreditlar bo‗yicha amalda zararlar k o‗rganligi; - yirik aktivlarning to‗planishi; - nomaqbul iqtisodiy y o‗nalish va sharoitlar, xususan, qarzdorlarning bir yoki bir necha sanoat tarmoqlari yoki ma‘muriy- hududiy birlikda katta miqdorda t o‗planishi; - tijorat banki tomonidan taqdim etilgan hisobotni tahlil qilish yoki Markaziy bank tomonidan o‗tkazilgan inspeksiya tekshirishlari natijasida aniqlangan qarzdorning yoxud tijorat bankining moliyaviy ahvoliga taalluqli boshqa holatlar. Bunda Markaziy bank belgilangan miqdorda zaxiralarni qayta k o‗rib chiqishni va (yoki) qo‗shimcha zaxiralar shakllantirishni talab qilishi mumkin. 175 varlarini sotadilar va xizmatlar k o‗rsatadilar. Tomonlar tijorat banklarining mijozlari b o‗lganligi bois ular o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hisob-kitoblari banklar tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonlarda banklar mijozlari hisobidan zarur hollarda o‗z mabla g‗lari (kreditlar berish) hisobidan hisob-kitob, valyuta operatsiyalarini amalga oshiradilar. Banklar o‗z xalqaro operatsiyalarida turli davlatlarning xo‗jalik subyektlari korxona, tashkilotlari, moliyaviy muassasalari bilan pul mabla g‗larini o‗tkazish va qabul qilish, xalqaro kreditlarni taqdim etish va olish, valyuta almashtirish, xalqaro qimmatli qo g‗ozlarning savdo sotiqlari va boshqalar bilan shu g‗ullanadilar. Bunday bank operatsiyalari murakkab deb hisoblanib, bank va bank xodimlaridan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. O‗zbekiston Respublikasida tijorat banklari valyuta operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markaziy bankdan valyuta operatsiyalarni olib borishga ruxsat beruvchi valyuta litsenziyasini olishi lozim. Litsenziya O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ―Tijorat banklariga chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi ‖ asosan amalga oshiriladi. Litsenziya O‗zbekiston Respublikasining ―Valyutani tartibga solish to‗g‗risida‖, ―O‗zbekiston Respublikasining Markaziy banki t o‗g‗risida‖ hamda ―Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash t o‗g‗risida‖gi qonunlariga muvofiq tijorat banklarining arizasiga k o‗ra, ularning chet el valyutasida operatsiyalar o‗tkazishga tayyorligidan kelib chiqib beriladi. Tijorat banklarining litsenziya olish uchun topshirgan hujjatlariga (Ilova) asosan ularning valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga tayyorgarlik darajasi O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan talabnomalar asosida aniqlanadi. Bunda tijorat bankning faoliyati malakaviy (bank xodimlarining xalqaro iqtisodiy, valyuta, kredit, hisob-kitob va boshqa xalqaro moliyaviy munosatlar normalarini, xorijiy tillarni bilishi hamda tajribaga ega ekanligi va boshqa k o‗nikmalar) va texnik talablar (bank texnik-texnologik va boshqa jihatlardan imkoniyati mavjudligi) jihatdan o ‗rganiladi. Valyuta operatsiyalarini o‗tkazishga ruxsat beruvchi litsenziya quyidagi maxsus shartlarga rioya etilgandagina beriladi: - tijorat banki tashkil etilgandan boshlab bir yildan ortiq muddat faoliyat k o‗rsatgan bo‗lishi; - tijorat banki Markaziy bank tomonidan o‗rnatilgan barcha normativlarni bajarishi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling