Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
3-reyting (
o„rtacha) Tortilgan aktivlar jami kapitalning 30 foizidan oshmasligi kerak. 4-reyting (muammoli) 154 qo g‗ozlar bilan ta‘minlangan aktivlar, O‗zbekiston Respublikasi huku- mati, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki, risk darajasi past b o‗lgan mamlakatlar hukumati tomonidan chiqarilgan bozor qiymatida baholangan qimmatli qo g‗ozlar ko‗rinishidagi garov bilan ta‘minlangan aktivlar va balansdan tashqari majburiyatlar, hisob-kitoblar jarayonida b o‗lgan pul hujjatlari va boshqalar kiradi. Bu aktivlar bo‗yicha risk da- rajasi 20 foizga teng. 3-guruh - yuqori riskli aktivlar: jismoniy shaxslarga uy-joy sotib olish va qurish uchun berilgan va garov bilan ta‘minlangan kreditlar. Bunda kreditning miqdori garov qiymatining 60 % dan oshmasligi lo- zim. Bu aktivlar b o‗yicha risk 50 foizga teng. 4-guruh - yuqori darajadagi riskli aktivlar: banklar tomonidan be- rilgan barcha kreditlar, bankning asosiy vositalari va boshqa mulklari, foiz o‗stirmaslik maqomi berilgan va qayta ko‗rib chiqilgan kreditlar, bankda dastlabki garov huquqiga ega b o‗lmagan kreditlar, milliy valyu- taga denominatsiya qilinmagan va milliy valyutada moliyalashtirish summasidan oshgan aktivlar, risk darajasi past b o‗lgan mamlakatlarning depozitar institutlari kapitali b o‗lgan qimmatli qog‗ozlar va boshqa ak- tivlar kiradi. Ushbu guruhga kiruvchi aktivlarning risk darajasi 100 % ni tashkil qiladi. 5-guruh - o‗ta yuqori (maksimal) riskli aktivlar: bu aktivlarga sud jarayonidagi va belgilangan tartibda undirilmagan aktivlar, qarzni t o‗liq yoki qisman undirish uchun bank balansiga olingan k o‗chmas mulklar, ikki yildan k o‗p muddatga foydalanilmayatgan bank bino inshootlari, muddati bir martadan ortiq uzaytirilgan va shartlari qayta k o‗rib chiqilgan kreditlar. Ushbu guruhdagi aktivlarning risk darajasi 150 % miqdorida belgilanadi. Bu aktivlar b o‗yicha risk darajasi maksimal bo‗lib, u 100 foizga teng b o‗ladi. Tijorat bankining balans ma‘lumotlari shuni ko‗rsatadiki, 2015-yil 1-yanvarda bankning umumiy aktivlari 60,1 mlrd s o‗mni tashkil qildi. Shundan 14 foiz ( ya‘ni 8,5 mlrd so‗mni) riskdan xoli bo‗lgan aktivlar, 68 foiz (41mlrd s o‗m) kam riskli aktivlar, 1 foiz (0,6 mlrd so‗m) esa kat- ta riskli aktivlarni, maksimal darajali riskli aktivlar 17 foizni tashkil qiladi. Riskni inobatga olganda barcha aktivlar 18,8 mlrd s o‗mni tashkil qilgan. Xalqaro amaliyotda bank aktivlarinig risklilik darajasiga turli yondashuvlar mavjud. Masalan, Rossiya banklari amaliyotida bank aktivlari o‗zining risklilik darajasi bo‗yicha quyidagicha tasniflanadi. 151 Banklar amaliyotida aktivlar bank balansida likvidlik darajasiga qarab aks ettiriladi va likvidlik darajasiga qarab ular quyidagi 3 guruhga: yuqori likvidli aktivlar, likvidli aktivlar, nolikvid (past likvidli) aktivlarga b o‗linadi. 1 guruh - yuqori likvidli aktivlar. Bularga: a) naqd pullar, sof quyma oltin, qimmatli toshlar, moneta, cheklar va boshqa pul hujjatlari; b) O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob vara g‗idagi mablag‗lar; d) bankning boshqa banklarda ochilgan hisob vara g‗idagi mabla g‗lar; e) majburiy zaxira hisob vara g‗i bo‗yicha mablag‗lar qoldig‗i; f) qisqa muddatli (7 kungacha) banklararo kreditlar va depozitlar; g) xalqaro reyting kompaniyalari yuqori baho bergan, risk darajasi past b o‗lgan mamlakatlar transmilliy kompaniyalarining qimmatli qo g‗ozlari. 2 guruh - likvid aktivlar. Bularga: a) berilgan kreditlar (jumladan, banklararo ham); b) o‗z investitsiyalari; d) boshqa qimmatli qo g‗ozlar, muddati 30 kungacha bo‗lgan debitorlar. 3 guruh - nolikvid (past likvidli) aktivlar. Bularga: a) muddati o‗tgan ssudalar; b) muddati o‗tgan foizlar; d) sud aralashuvi bilan o‗zlashtirilishi ko‗zda tutilgan ssudalar; e) tugallanmagan ishlab chiqarish; f) asosiy vositalar kiradi. Mamlakatimiz tijorat banklari amaliyotida aktivlar likvidliligi ta‘minot likvidliligiga qarab baholanadi. Lekin ta‘minot kredit t o‗lashning ikkilamchi manbayi hisoblanadi. Aslida beriladigan kredit korxona moliyaviy holatining barqarorligiga, kredit obyekti b o‗lgan tovar-moddiy boyliklar, xizmatlar, investitsiyalarning daromadlilik darajasiga bo g‗liq. Shu bois, tijorat banklari ta‘minotga kreditni qoplashning asosiy manbayi sifatida qaralmasligi lozim. Amaliyotimizda bank aktivlari Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling