Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
- §. Bank kafolati va uning kreditlashdagi o„rni
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kafolat
- bank kafolati
3-
§. Bank kafolati va uning kreditlashdagi o„rni Tijorat banklari tomonidan bank kafolatlarini berish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 299-310 moddalari talablaridan kelib chiqib, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2012-yil 24-martdagi 10/1-son qarori bilan tasdiqlangan 761-sonli nizom talablari asosida olib boriladi. Kafolat – kafolat beruvchi tomonidan qarz oluvchi o‗z majburiyatlarini bajara olmagan taqdirda, muddati kelganda uning majburiyatlarini t o‗lab berish majburiyati tushuniladi. Qonunchilik hujjatlariga asosan bank boshqa kredit muassasalari yoki su g‗urta tashkilotlari (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga k o‗ra kafolat berishi mumkin. O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 299-moddasi va Markaziy bankining ushbu sohaga oid me‘yoriy hujjatlariga asosan bank kafolati – bank (kafil) boshqa shaxs (prinsipal)ning buyurtmasiga k o‗ra kafil o‗z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini t o‗lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga t o‗lash haqida prinsipalga beradigan yozma majburiyatidir. Qonunchilik hujjatlariga asosan bank kafolatida keltirilgan kafil, prinsipal, benefitsiar s o‗zlarining mohiyatiga e‘tiborimizni qaratamiz. Bank kafolatida kafil – o‗z mijozi, ya‘ni (prinsipal)ning yozma arizasiga ko‗ra, prinsipal benefitsiar oldidagi majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafolatga muvofiq ushbu majburiyatlarning bajarilishini o‗z zimmasiga oluvchi bank, prinsipal esa bankka o‗zining uchinchi shaxs (benefitsiar) oldidagi majburiyatlari bajarilishining ta‘minoti sifatida kafolat berish to‗g‗risida ariza bilan murojaat qilgan shaxs, benefitsiar prinsipalning majburiyati b o‗yicha kafolatni qabul qiluvchi kreditor hisoblanadi. Kafolatga binoan bank (kafil) mijozning (prinsipal) iltimosiga k o‗ra, bank o‗z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq prinsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini t o‗lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga t o‗lash haqida prinsipalga yozma majburiyat beradi. Kafolat prinsipalning (mijozning) benefitsiar oldidagi o‗z majburiyatini (asosiy majburiyatni) lozim darajada bajarishini ta‘minlaydi. Kafolat berilgani uchun prinsipaldan bank tarif stavkalarida yoki kredit komissiyasi qarorida belgilangan miqdorda haq t o‗lanadi. Kafolat berilishida bank va prinsipial o‗rtasida alohida yozma shartnoma 332 yozma shaklda tuzilishi kerak. Kafillik beruvchiga boshqa bank xizmat k o‗rsatayotgan bo‗lsa, imkoni boricha unga xizmat ko‗rsatuvchi bank ishtirokida tuzish maqsadga muvofiq b o‗ladi. Kafillik shartnomalarni tuzish, o‗zgartirish va bekor qilish tartibi Fuqarolik kodeksi asosida tartibga solinadi. Fuqarolik kodeksida belgilangan norma talablaridan kelib chiqib, bank tomonidan kafilga q o‗yiladigan talab uning solidar javobgarligini k o‗zda tutadi, ya‘ni kafil bank oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan, foizlar t o‗laydi, qarzni undirib olish b o‗yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli bank k o‗rgan boshqa zararlarni t o‗laydi. «Tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to‗g‗risida»gi qonunda kafil b o‗lib to‗lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar chiqishi mumkinligi k o‗zda tutilgan. Kreditlash bo‗yicha amaldagi tartibda yuridik shaxslardan auditorlik xulosasi talab qilingan holda, yakka tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning t o‗lovga qobiliyatliligi bank tomonidan umum qabul qilingan qoidalar asosida o‗rganiladi. Jumladan, tadbirkorga xizmat k o‗rsatuvchi bankdan hisob varag‗idagi mablag‗lari t o‗g‗risidagi ma‘lumotlar, jismoniy shaxsdan esa uning omonati (uning taklifi bilan) yoki ish haqi, boshqa daromadlari t o‗g‗risidagi zarur hollarda, davlat soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning daromadlari t o‗g‗risidagi ma‘lumotlarni taqdim qilish s o‗raladi. Jismoniy shaxslarning kafilligi faqat jismoniy shaxslarga kredit berishda asosiy ta‘minot sifatida olinishi mumkin, boshqa kreditlar b o‗yicha jismoniy shaxsning kafilligi qo‗shimcha yoki navbatdagi ta‘minot sifatida qabul qilinadi. Bank yoki boshqa moliya muassasalari tomonidan beriladigan kafolatlar ushbu tashkilotlarning bevosita birinchi rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslari hamda bosh hisobchisi tomonidan imzolangan va muhrlangan b o‗lishi talab etiladi, kafolat berish huquqi bank filiallar vakolatiga berilgan b o‗lsa, u holda bunday vakolatni beruvchi yuridik shaxsning vakolatli boshqaruv organining shartnoma tuzishga ruxsati taqdim qilinishi lozim. Kafolat xatida kafolat beruvchining kredit va unga hisoblangan foizlarini ma‘lum bir sabablarga ko‗ra qarzdor tomonidan t o‗lanmay qolishi sodir bo‗lganda, bankning birinchi talabiga muvofiq t o‗lab berilishi aniq aks ettirilishi talab etiladi. 325 Ta‘minlanganlik tamoyilining asosiy maqsadi kreditning qaytib kelishini ta‘minlashga qaratilgan. Shu bois bu tamoyil kredit riski va u bilan bo g‗liq yo‗qotishlarning oldini olib, kreditning o‗z vaqtida bankka qaytib kelishini ta‘minlaydi. O‗zbekiston Respublikisining bank qonunchiligi tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlar turli shakldagi ta‘minlanganlikka ega b o‗lishi lozimligini ko‗zda tutadi. Kreditning ta‘minlanganligi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin: Garov. Kafillik. Kafolat. Su g‗urtalash. O‗tkazish (sessiya). Kreditning ta‘minoti sifatida bir yoki bir necha ta‘minot shakli qabul qilinishi mumkin. Ta‘minotning hajmi va turlari qarz oluvchining moliyaviy ahvoliga, ssudaning hajmiga, qarz oluvchining mavqeyiga, majburiyatlarni o‗z vaqtida bajara olish imkoniyati va mas‘uliyatiga bo g‗liq bo‗ladi. O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 259-moddasiga asosan qarzdorning majburiyatlari garov, qarzdorning mulkini ushlab qolish, kafolat, va qonun b o‗yicha yoki shartnomada ko‗rsatilgan boshqa usul bilan ta‘minlangan bo‗lishi mumkin. Bu ta‘minotning qaysi birini tanlash majburiyat turiga bo g‗liq Aksariyat hollarda kredit va qarz shartnomasini bajarish b o‗yicha garov, kafolat qulay hisoblanadi. Qarz oluvchi kreditning ta‘minlanganligi sifatida bir yoki bir necha turdagi ta‘minlanganlikni qo‗yishi va uni kredit shartnomasida ko‗rsatishi mumkin. Kreditning ta‘minlanganligi bo‗yicha garov kredit shartnoma bilan birgalikda rasmiylashtiriladi va unga, albatta, ilova qilinishi lozim. Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 738-moddasida qarz oluvchi qarz summasining qaytarib berilishini ta‘minlash yuzasidan qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek, qarzning ta‘minoti qarz beruvchi javobgar bo‗lmagan vaziyatlarda y o‗qotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan b o‗lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni t o‗lashni talab qilishga haqli ekanligi ko‗rsatilgan. Jahon amaliyotida bank ssudalarini ta‘minlashning o‗ta keng tarqalgan turlari-yer uy-joy, qimmatli qo g‗ozlar, debitorlik qarzlari 326 yi g‗indilari, tegishli hujjatlar bilan birga taqdim etilgan tovarlar, sug‗urta polislari va boshqalar hisoblanadi. Yer uy-joy va boshqa k o‗chmas mulk ta‘minotning ishonchli va muhim obyekti hisoblanadi, ular hech qachon o‗z qiymatini to‗la y o‗qotmaydi Qimmatli qog‗ozlar bank uchun ma‘qulroq ta‘minlash turi hisoblanadi Chunki qimmatli qo g‗ozlarni fond bozorida osongina sotish mumkin bankda saqlash uchun xarajatlar talab qilinmaydi Shular bilan bir qatorda ularni sotish va sotib olishda ortiqcha rasmiyatchilikning y o‗qligi qimmatli qog‗ozlarning ta‘minlanganlik obyekti sifatida ahamiyatini oshiradi Ayni vaqtda shuni esda tutish lozimki agar ta‘minlanganlik sifatida aksiya olinayotgan bo‗lsa uning kursi keskin tebranishi mumkinligini kurs pasayganda zarar k o‗rish mumkinligini albatta, inobatga olish lozim Debitor qarzdorlik yi g‗iindisi deganda bu yerda ochiq hisob varaqlar b o‗yicha hisob-kitoblardagi qarzdorlik yig‗indisi tushuniladi Bu pul bankning mijozi j o‗natgan tovarlari uchun xaridorlardan olishi lozim b o‗lgan puldir Bu turdagi ta‘minlash obyekti jahon amaliyotida keng q o‗llaniladi Xomashyo materiallar va tayyor mahsulotlar k o‗pchilik davlatlarda xususan respublikamizdagi kreditning keng q o‗llaniladigan ta‘minlanish obyekti bo‗lib xizmat qiladi Su g‗urta qilinuvchi sug‗urta kompaniyasiga badal to‗lab boradi Su g‗urta muddati tugashi bilan mablag‗ to‗lagan shaxsga qaytarilishi mumkin Bank su g‗urta polisini yig‗ilgan badallar yig‗indisi miqdorida ta‘minlanganlik uchun qabul qiladi Ishonchli kreditlar va ularning qaytarilishini ta‘minlovchi birdan-bir garov shakli kredit shartnomasi hisoblanadi Kredit shartnomasi shartlarining bajarilishini kredit ta‘minlanganligining sharti sifatida qabul qilish xorijiy banklar tomonidan cheklangan hajmda ishonchga sazovor b o‗lgan doimiy mijozlarni qisqa muddatda kreditlash jarayonida q o‗llaniladi O‗rta va uzoq muddatli kredit berishda ham berilgan kreditlarni su g‗urta qilish sharti bilan istisno tariqasida qo‗llanilishi mumkin Odatda, su g‗urta qilish qarz oluvchi hisobidan amalga oshiriladi Yaxshi ta‘minlangan kreditlar Bunday kreditlar zamonaviy bank kreditining asosiy turi sifatida ta‘minlangan ssudalar hisoblanadi Ta‘minlanganlik sifatida qarz oluvchining har xil shakldagi mulki 331 Bank bir paytning o‗zida kredit ta‘minoti uchun bir nechta yuridik Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling