Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki


Download 4.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/351
Sana28.10.2023
Hajmi4.25 Mb.
#1731815
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   351
Bog'liq
Bank ishi (2)

Bank kengashi 
bank faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga 
oshiradi (aksiyadorlar umumiy yi
g‗ilishining vakolatidagi masalalar 
bundan mustasno). 
Kengash 
o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun bank boshqaruviga 
malakali kadrlarni jalb qilish kengash 
a‘zolarini tayinlash va yollash
boshqaruv bilan maslahatlashgan holda, bankning uzoq va qisqa 
muddatli faoliyati biznes-rejasini 
o‗rganish, bank faoliyati strategiyasi, 
xavfsizligi, operatsion siyosatini qabul qilish, bank nazorati va 
siyosatiga asosan bank operatsiyalarining qonunchilikka mosligini 
nazorat qilish, bankning tezkor faoliyatini kuzatib borish huquqiga ega.
Bank kengashi 
a‘zolari aksiyadorlar umumiy yig‗ilishida bir yilga 
saylanadi va qayta saylanishi mumkin. Bank boshqaruvi 
a‘zolari va 
boshqaruv raisi bank kengashiga saylanishi mumkin emas. Bank 
kengashi bank faoliyatining ustuvor y
o‗nalishlarini belgilash, 
aksiyadorlarning umumiy yi
g‗ilishiga oid masalalarni tayyorlash va 
tashkil etish, bankning yillik biznes-rejasini tayinlash, ichki audit 
xizmatini tashkil etish, qimmatli qo
g‗ozlar, bank aksiya obligatsiyalarini 
sotish, sotib olish, ularning hosilalarini chiqarish va boshqa qator 
vazifalarni amalga oshiradi. 
Bank boshqaruvi 
bank ijroiya organi hisoblanib, bankning 
kundalik faoliyati uchun javobgar hisoblanadi va uni amalga oshiradi. 
Bank boshqaruvi odatda 7 kishidan yoki toq sondagi 
a‘zolardan iborat 
b
o‗ladi. Bank organini tuzish yoki uni tugatish bank kengashi qarori 
asosida amalga oshiriladi. Bank boshqaruvi aksiyadorlar, umumiy 
yi
g‗ilishining va bank kengashining qarorlari bajarilishini tashkil etadi. 
Buning uchun bank boshqaruvi raisi 
O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki bilan kelishilgan holda bank kengashi qarori bilan lavozimga 
tavsiya etiladi va aksiyadorlarning umumiy yi
g‗ilishida tasdiqlanadi. 
Boshqaruv raisi bankning joriy faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga 
javobgar hisoblanadi. 
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari t
o‗lagan 
pul mabla
g‗laridan tashkil topadi. Alohida hollarda qonun hujjatlariga 
muvofiq bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun byudjet 
mabla
g‗laridan foydalanilishi mumkin. Banklar ustav kapitalining eng 
kam miqdori Markaziy bank tomonidan belgilanadi. 
Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni r
o‗yxatga 
olish paytigacha t
o‗lanishi kerak. Ustav kapitali uchun to‗lanadigan 
91
- bank operatsiyalarini qonunchilikka va litsenziya shartlariga xilof 
tarzda amalga oshirilganida; 
- litsenziya berilganidan keyin bir yildan ortiq vaqt davomida bank 
operatsiyalarini amalga oshirishga kirishmasligi oqibatida; 
- O‗zbekiston Respublikasida shu‘ba bank ochgan xorijiy bank 
litsenziyasining 
o‗z mamlakati tomonidan bekor qilinganida. 
Litsenziyaning bekor qilinishi tijorat bankining sudga murojaat 
qilmasdan majburiy suratda tugatilishi uchun asos b
o‗ladi. Buni 
Markaziy bank tomonidan tayinlangan tugatish komissiyasi amalga 
oshiradi. 
Bank quyidagi hollarda 
o‗z faoliyatini to‗xtatadi:
aksiyadorlar yi
g‗ilishining qaroriga ko‗ra;
Markaziy bank litsenziyani chaqirib olganida;
bankrot deb 
e‘lon qilinganida.
O‗z faoliyatini to‗xtatgan bank Markaziy bank tomonidan banklarni 
davlat r
o‗yxatiga olish daftaridan chiqariladi va bu haqidagi xabar 
matbuotda 
e‘lon qilinadi.

Download 4.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   351




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling