Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki
Download 4.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Bank ishi (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jalb qilingan mabla g„lar
Banklarning
o„z mablag„lariga – bankning ustav kapitali va unga tenglashgan mabla g‗lar, jumladan, zaxira kapitali, maxsus fondlar, moddiy ra g‗batlantirish fondi, boshqa har xil tashkil qilingan fondlar hamda taqsimlanmagan foydasi kiradi. Jalb qilingan mabla g„lar – depozitlar, jamg‗armalar, qarzga olingan mabla g‗lar kontokorrent hamda korrespondent hisob varaqlarida o‗z ifodasini topadi. Moliyaviy menejment tizimida eng muhim y o‗nalishlardan biri bank aktiv va passivlarini samarali boshqarish hisoblanadi. Aktivlarni boshqarish asosida o‗z va jalb qilingan resurslarni joylashtirish tartibi va y o‗llari yotadi. Tijorat banklarining passivlarini boshqarishda xalqaro bank amaliyotida ―Bank passivlarini boshqarish‖ nazariyasidan keng foydalaniladi. Mazkur nazariyada asosiy e‘tibor tijorat banklarining depozit bazasini yaxshilashga qaratiladi. 1960-70-yillardan boshlab bank likvidligini boshqarish borasida ―passivlarni boshqarish‖ nazariyasi paydo bo‗ldi va bank likvidlik muammosini yechish borasida o‗z passivlariga, ya‘ni majburiyatlariga e‘tibor qarata boshladi. Bu nazariyaning paydo bo‗lishiga iqtisodiyotda fond va pul bozorining shakllanishi hamda ikki po g‗onali bank tizimining t o‗la shakllanishi bilan bank mablag‗lari bozorining rivojlanishi turtki b o‗ldi. Bu nazariy fikrga tayangan holda banklar o‗z likvidligini pul bozori va sarmoya bozoridan qarz olish, ya‘ni mablag‗lar jalb qilish orqali boshqara boshlashdi. Bu, asosan, Markaziy bankdan mabla g‗lar sotib olish, depozit sertifikatlari, qisqa muddatli tijorat veksellari va yevro, dollar kabi qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish shaklida amalga oshiriladi. Ushbu nazariya himoyachilari bank resurslari yetarli b o‗lmagan hollarda bank likvidligi muammosini bozordan q o‗shimcha mablag‗lar jalb qilish y o‗li bilan hal qilinishi mumkin deb ta‘kidlaydilar. Boshida bu nazariyani faqat yirik banklar ma‘qullagan edi, lekin keyinroq bu nazariya banklar tomonidan tan olindi. Passivlarni boshqarish nazariyasi orqali tijorat banklari likvidligini boshqarish quyidagi ikki xulosaga asoslanadi: 1. Tijorat banklari q o‗shimcha mablag‗larni kapital bozorlaridan jalb qilish y o‗li orqali likvidlikka erishishi mumkin. 102 2. Tijorat banklari Markaziy bank, boshqa banklardan olingan pul mabla g‗lari hisobiga likvidligini ta‘minlashi mumkin. K o‗plab rivojlangan mamlakatlar bank tizimida asosan ―bank passivlarini boshqarish ‖ nazariyasi asosida o‗z likvidligini ta‘minlaydi. Bankning aktiv operatsiyalari k o‗lami, ular joylashtiradigan resurslar hajmi, miqdori, bankning passiv operatsiyalari, jalb qilingan mabla g‗lar summasiga bog‗liq bo‗ladi. Bunday holat resurslarni jalb qilish b o‗yicha banklar o‗rtasida raqobatni keltirib chiqaradi. Bank resurslari bank balansining passiv qismida aks ettiriladi. Bankning ixtiyorida mavjud b o‗lgan resurslar uning amalga oshirilishi m o‗ljallanayotgan aktiv operatsiyalar uchun yetarli bo‗lmasa, zarur miqdordagi mabla g‗larni Markaziy bankdan, nobyudjet fondlardan, pul bozoridan sotib olish yoki qarzga olish mumkin. Resurslarni jalb qilishda bank o‗z kapitalining yetarli darajasi miqdoriga ega b o‗lishi va uni me‘yor darajasida ta‘minlashi lozim. Tijorat banki o‗z mijozlarining bo‗sh turgan mablag‗larini qarzga olish bilan, bir vaqtning o‗zida, bu mablag‗larni o‗z vaqtida qaytarilishini ta‘minlash majburiyatini ham oladi, shuning uchun bank barqaror likvidlikka ega b o‗lishi kerak. Ishonchlilik va likvidlilik tamoyillari tijorat banki faoliyatining zarur shartlaridan b o‗lib, ular aholining b o‗sh turgan pul mablag‗larining banklar sari oqimini ta‘minlaydi. Undan tashqari bankning ahvoli moliyaviy jihatdan kam samarali b o‗lgan holatda mijozlar o‗z mablag‗larini qaytarib olishlariga ishonch hosil qilishlariga zamin yaratadi. Download 4.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling