ratsiyalari
deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat banklarin-
ing 90 foizdan ortiq passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit ope-
ratsiyalarini tijorat banklari
o‗zlarining depozit siyosatlari asosida olib
boradilar. 2017-yilning 1-yanvar holatiga banklardagi depazitlar miqdori
44,6 trln. so‗mni tashkil etdi. Tijorat bankining depozit siyosati uning
kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan cham-
barchars bo
g‗liq bo‗lib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va
uning barqarorligini
ta‘minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini
amalga oshirishda bu operatsiya turining obyekt va subyektini aniqlash
lozim.
Depozit operatsiyalarning subyektlari b
o‗lib bir tomondan tijorat
banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:
- davlat korxona va tashkilotlari;
- moliya, sug‗urta, investitsion va trast kompaniyalar;
- xususiy korxona va tashkilotlar;
- aksioner kompaniyalar;
- banklar va boshqa kredit muassasalari;
- qo‗shma korxonalar, kooperativlar;
- jamoa tashkilotlari va fondlar;
- alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadi-
lar.
Depozit operatsiyalarining obyekti
ehtiyojdan ortiqcha pul
mabla
g‗lari (qo‗yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil
qilishning asosi b
o‗lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ah-
volining barqarorligidir. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining
depozit siyosatini
amalga oshirish orqali:
- bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sha-
roit yaratishi;
- bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit
siyosatini amalga oshirish;
- depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo‗yilmalarga
e‘tibor qaratish;
- depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan
bo
g‗liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko‗rish va boshqalar
uchun amalga oshiriladi.
Pul q
o‗yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar
Do'stlaringiz bilan baham: |