Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet47/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

12.12.2006.

Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab


Gul bargini to’kib, qovjirab qoldi,


Dil dardini to’kib, dovdirab qoldi,
Nigohlar nur izlab, jovdirab qoldi,
Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab,
Hajr qolaverdi qalbga o’t qalab.

Visol otashida vujudlar kuymay,


Ishqning lazzatini bir lahza tuymay,
Mehrga to’yolmay, mehrga to’ymay,
Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab,
Hajr qolaverdi qalbga o’t qalab.

Sarg’aygan yaproqlar shivirlab hazin,


Bulutlar boshladi gina, arazin,
Oftob ham ko’rsatmay qo’ydi orazin,
Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab,
Hajr qolaverdi qalbga o’t qalab.

Bahorlar qizg’ondi boychechagini,


Yoz ham unutibdi, oh kechagini,
Labi titrab so’ylar, kuz ertagini,
Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab,
Hajr qolaverdi qalbga o’t qalab.

Falakda yuduzlar yuzin yashirdi,


Muhabbat iymanib ko’zin yashirdi,
Umid ham, armon ham o’zin yashirdi,
Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab,
Hajr qolaverdi qalbga o’t qalab.

Intiq jon jolasi qaroqda qoldi,


Zulfing bir tolasi barmoqda qoldi,
Ko’ngillar nolasi irmoqda qoldi,
Sevgi oramizdan ketdi o’pkalab,
Jalil Rahmat qoldi qalbga o’t qalab.
Bitta o’zimman

G’animlar yayrab yursin, ularniki yer shari,


To’tiday sayrab bersin, kirib-chiqib eslari,
Eshitganim to’g’riyu, tushunganim teskari,
Bu dunyoning nodoni, go’yo bitta o’zimman.

Ot minsam savlatimni ko’rib, bir gap topishsin,


Kichkina davlatimni ko’rolmay ayb topishsin,
Musht o’qtalib, izimdan har ro’zu shab chopishsin,
Bu dunyoning yomoni, go’yo bitta o’zimman.

Savobimni sovurib, gunohimni jamlashar,


O’z yog’imga qovurib, shu lahzada yamlashar,
Tosh tushsa qo’llariga yolg’iz meni tanlashar,
Bu dunyoning shaytoni, go’yo bitta o’zimman.

Baland uchsam, bag’rimga bexosdan o’q sanchilar,


Yerni quchsam, vujudim tuyoqlarda yanchilar,
Qaylardadir ruhimni qaroqchilar qamchilar,
Bu dunyoning nishoni, go’yo bitta o’zimman.

Ey inson, kim tutibdi el og’ziga elakni,


Qay zamon, kim yopibdi oy yuziga etakni,
Jail Rahmat chin deydi, har afsona, ertakni,
Bu dunyoning yolg’oni, go’yo bitta o’zimman.

Armon

Kechagi kun, bugun armon,
Erta armon, buguning ham.
Poyoniga yetib karvon,
Tugiladi tuguning ham.

Har salomning bor aligi,


Taqdiring ne, bo’ysunasan.
Qirq yoshingda, bolaliging
Qumsab, og’ir xo’rsinasan.

Keksalikda, senga aytsam,


Bel bukilib, cho’karing bor.
Qani endi, qirqqa qaytsam
Deya, afsus chekaring bor,

Bosh yostiqqa tegar oxir…


Beling bukib yurar oning,
Ko’z o’ngingdan o’tib bir-bir,
Qo’zg’ab qo’yar bir armoning.

Dard vujuding o’rab olsa,


Kiprikda yosh marjon-marjon.
Azroil jon so’rab qolsa,
Shu ko’z yosh, eng so’nggi armon.

Kechagi kun, bugun armon,


Erta armon, buguning ham.
Poyoniga yetib karvon,
Tugiladi, tuguning ham.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling