Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
26.01.2008.
Qiyomatni kutib Esmoqdamiz, essiz yel bo’lib, Yog’ib o’tar yomg’ir, sel bo’lib, Makonimiz parcha yer bo’lib, Talvasada tutib yoqamiz, Qiyomatni kutib yotamiz. Toshga ko’mib toshgan bag’rni, Ko’nglin olmay bitta sag’irni, So’ng xudodan so’rab sabrni, Talvasada tutib yoqamiz, Qiyomatni kutib yotamiz. Shayton bilan sherik, og’amiz, Umr bo’yi tog’-tog’ yig’amiz, Tor lahatga zo’rg’a sig’amiz, Talvasada tutib yoqamiz, Qiyomatni kutib yotamiz. Qora quzg’un cho’qir ko’zimiz, Kech ochilar so’qir ko’zimiz, Hech kimsasiz, yolg’iz o’zimiz, Talvasada tutib yoqamiz, Qiyomatni kutib yotamiz. Izimizda izg’ib yurgan kim?, Qarshimizda qah-qah urgan kim, To tangridan bo’lguncha hukm, Talvasada tutib yoqamiz, Qiyomatni kutib yotamiz. 15.04.2007. O’zing kechir Rabbim olar shu jonimni keragimda, Rahmon, shayton jangi borar yuragimda, Jilvagar jom xush jarangi ermagimda, O’zing kechir, yo xudoyim o’zing kechir. Garchi, birov ko’nglini hech og’ritmadim Toza saqlab iymonimni dog’ etmadim, Vale aqlim yig’ib, butun, sog’ etmadim, O’zing kechir, yo xudoyim o’zing kechir. Kimlar bilan birlashdim men, o’zim bilmay, Shayton bilan sirlashdim men, to’zim bilmay, Goh qofiya yig’dim qop-qop, so’zim bilmay, O’zing kechir, yo xudoyim o’zing kechir. Ko’ngilxushlik uchun kezib bog’, ko’chani, Suluvlarga baxsh etdim subh, oy kechani, O’z-o’zimga uraverdim poyteshani, O’zing kechir, yo xudoyim o’zing kechir. Jalil Rahmat jabr ko’rsang, javobdir u, Yaratgandan sabr so’rsang, savobdir u, Azroil jon olari, eng azobdir u, O’zing kechir, yo xudoyim o’zing kechir. Meni asrab qol Gul qatida qalqqan shabnam singari, Kiprigingda titrab turgan jolaman. Uchrashib yurganmiz ming yil ilgari, Meni asrab qol, men o`sha bolaman. Lolagun sharbatman, labingga tomgan, O`tli muhabbatman, qalbingda yongan, Subhdagi suhbatman, shirin uyg`ongan, Meni asrab qol, men o`sha nolaman. Alloh sening uchun yaratgan bir nur, Ko`nglingni o’ziga qaratgan bir nur, Ruhingga ro`shnolik taratgan bir nur, Meni asrab qol, men o`sha tolaman. Adoqsiz adirda unib qizarsam, Yo unsiz qabrda unib qizarsam, Mahzuna ko`ksingda yonib qizarsam, Meni asrab qol, men o`sha lolaman. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling