Jalil rahmat
Download 0.5 Mb.
|
Munisaning munchog\'i
22.10.2007.
* * *
Bir qatra ishq sharobini ber. Yor vaslidan kechgim yo`q, ammo Mayli hijron azobini ber. Uyg`otsin xush, shirin ehtiros, Gulg`uncha lab gulobini ber. Allalasin ruhimni bir oz, Yor qo`liga rubobini ber. * * *
Oyog`im ostida la’lu javohir. Bag`rimda eng go`zal lolalar unar, Menda nima g`am bor, nima xavotir?, Qulday qulluq qilar necha bahodir, Qaddimni tog` ko`rib... Bir tola nur istab zoriqqan kunim, Qulluq qilganlardan shov-shuv boshlanar. Vujudim qaqshaydi og`riqdan, inim, Betimga qattiqroq botar poshnalar, Ezg`ilab o`tadi o`sha oshnalar, Qadrim tuproq ko`rib... 27.12.2009. * * *
Dur, injular taqqan she’riyat. Oqshomlar oychehrasi xandon, Jilmayib, xush boqqan she’riyat. Ma’shuqalar ko’ksida armon, Oshiqlarni yoqqan she’riyat. Vujudlarni titratib har on, Ohang bo’lib oqqan sheriyat. 25.11.2007. O`n xil fikr Ilhom parilari keldi daraklab, Qalb ufqida quyosh kuldi charaqlab, Qaylardadir kitobimni varaqlab, O`nlab fikr aytishdi, bosh saraklab. - “Falsafa yo`q fikrlari tor ekan”, - “Yaratganga shukrlari bor ekan”, - “Ko`ksi bahor ko`chasi gulzor ekan, Intilganga haqdan tole yor ekan”. - “Shoir emas, qofiyaboz ekanmi?”, - “Takror jumla, takror ovoz ekanmi?”, - “Dardi faqat qalam, qog`oz ekanmi, El ichida e`tibor oz ekanmi?”. - “Qarab chiqdim, topolmadim g`oyani, Na oftobu na bir salqin soyani”, - “Tushlarida quchib qorli qoyani, Ko`zga surtib alqagan gul poyani”. - “Ishq baytlari titratib jon tomirni, Yodga solar yoshlikdagi yomg’irni”, - “Sevib qancha Toshpo`latdek shoirni, Havas qilganmikan Mahmud Toirni”. Buxoriylar bo`stoni go`zal sayr, Yoqimli xush ifori ruhim chayir, Ko`ngil ko`kka talpinar misli tayr, Yana uchrashguncha, azizlar xayr. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling