Jalil rahmat


Download 0.5 Mb.
bet51/55
Sana15.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1480191
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Munisaning munchog\'i

22.05.2008.

Oliftalar


Oliftalar ortimdan tosh otaversin,


Yayrab, shayton sharobidan totaversin,
Bor sirimni bozorlarda sotaversin,
Ular bilan bo’lishgali xirmonim yo’q.

Ilg’amasdan ming bir yaxshi tomonimni,


Elga yoyar yolg’iz bitta yomonimni,
Chapak chalar, anglolmay rost, yolg’onimni,
Ular bilan bellashgali maydonim yo’q.

Bosh panasi tuynugi yo’q tosh qasrlar,


Qay bir go’rga o’t qalay deb, bosh qashirlar,
Birga o’nni qo’shib turib gap tashirlar,
Ular bilan tillashgali zabonim yo’q

It huradi, hurkimasdan karvon o’tar,


Hasadgo’ylar hasrat ila hayron o’tar,
Qay bir ko’ngil obod, qaysi vayron o’tar,
Ular bilan talashgali makonim yo’q.

Yarimta non topsam, bola-chaqam ham to’q,


Nomardlarga tutqazar kir yoqam ham yo’q,
Jalil Rahmat, garchi qalbga yoqsam ham cho’g’,
Shukrim bor, bu yo’lda shubha, gumonim yo’q.
03.08.2008.

Dunyolar guvoh


Ko’ngil, seni qo’lga ololmadim hech,


Qirq yilda ham yo’lga sololmadim hech,
O’z xayolim bilan qololmadim hech,
Sog’inchim sovurgan sabolar guvoh.

Bag’rimizga botdi gul o’rnida xas,


Qadrimizga yetdi na Layli, na Qays,
Biz kezgan bog’larda qolmagandek fayz,
Sabrim sarg’aytirgan sahrolar guvoh.

Zuhro ko’ksida ming alam, anduhlar,


Tohirni oqizib ketdi sandiqlar,
Qalbda, muhabbatdan meros chandiqlar,
Dardlarim oqizgan daryolar guvoh.

Oshiq aytar so’nggi arzin tuproqqa,


Har kim berar, olgan qarzin tuproqqa,
Yig’ladim, bosh qo’yib xazin yaproqqa,
Birda do’st, birda yov dunyolar guvoh.
24.09.2008.

Baxt bo’lurmi


Ishq oftobi yoniq, shaffof nurdan bo’lsa,


His-tuyg’ular tumori sof durdan bo’lsa,
Mehr zilol suvdan, ko’ngil guldan bo’lsa,
Bundan ortiq oshiqqa chin baxt bo’lurmi.

Visol ko’shki peshtoqida oy jilvasi,


Tegrasida oqib turar soy jilg’asi,
Subhidam gul bargida shudring sirg’asi,
Bundan ortiq bulbulga xush bayt bo’lurmi.

Parcha bulut boshlarga par bolish bo’lsa,


Qayg’u qarib, armon arib olis bo’lsa,
Tilak toza, niyatlar ham xolis bo’lsa,
Bundan ortiq ko’zlangan toj, taxt bo’lurmi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling