Jaloliddin Dovoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Reja: Jaloliddin Dovoniyning ilm-fan taraqqiyotiga tutgan o’rni


Download 206.39 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.01.2022
Hajmi206.39 Kb.
#240076
Bog'liq
8 seminar



Jaloliddin Dovoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. 

 

Reja: 

1.  Jaloliddin Dovoniyning ilm-fan taraqqiyotiga tutgan o’rni. 

2.  Jaloliddin Dovoniyning axloq komolotiga doir qarashlari. 

 

Jaloliddin Davoniy (1427-1502) — pedagogik tafakkur rivojiga ulkan hissa 

qo‘shgan o‘rta asr Sharqining eng taniqli mutafakkirlaridan Muhammad Asad bin 

Jaloliddin (ba’zi manbalarda Saadiddin) ko‘pqirrali ensiklopedik olim bo‘lgan. 

Jaloliddin Davoniy Kazarun (Eron) poytaxtining Dovon qishlog‘ida tug‘ilgan, 

bolalik yillari shu yerda o‘tgan. Sherozdagi Dorul Aytom madrasasida Mavlono 

Qo‘shqanor va Xoja Xasanshoh Baqqol ulamolar rahbarligi ostida ta’lim olgan. 

Ta’limni yakunlagach, madrasada dars beradi, so‘ngra, Sheroz qozisi bo‘ladi. 

Qozilik lavozimida xizmatni o‘tab, murabbiylik faoliyatiga qaytadi, ko‘p sayohat 

qilgan, Eron, Iroq, Hindiston kabi shaharlarda, Kushon, Gilon, Tabriz, Hirotda 

(Afg‘oniston) bo‘lib, olimlar bilan uchrashadi. 

Manbalarga ko‘ra, u O‘rta Osiyoning ko‘plab olim va shoirlarining ishlarini yaxshi 

bilgan. 

U Farobiy, ibn Sino, Nasriddin Tussiylarning ilmiy ishlarini va ijtimoiy g‘oyalarini 

o‘rgangan, u Hirot, Vizantiya (Rum), Ozarbayjon, Karmana, Xurmuza, Tabariston, 

Xuroson va Jurjon olimlari bilan yozishmalar olib borgan. 

Muhammad Ali Tabriziyning aytishicha, Davoniy o‘z asarlarida “Vizantiya, 

Xuroson, Turkiston va Sulton Abu Said Temuriy zamondoshlarining boshqa buyuk 

olimlari mehnatlaridan fodalangan” (Muhammad Ali Tabriziy. Rayxonot ul-adab. 

Tehron, 1949, 3-tom). 

Davoniy uzoq yillar mobaynida Hirotda yashab, u yerda Abdurahmon Jomiy va 

boshqa olimlar bilan tanishgan. 

Sherozga kelgach, u doimiy ravishda Jomiy bilan yozishmalar olib borgan. 

Davoniy Ali Qushchi bilan yaqindan tanish bo‘lgan. Davoniyning falsafiy va 

ijtimoiy nuqta nazarining shakllanishida Movaraunnahr olimlarining fikrlari katta 

ta’sir ko‘rsatgan. 

U o‘z ustozlarining firk va mehnatlarini targ‘ibot qilish bilan birga, ularning 

madaniya, falsafiy va ilmiy o‘rta osiyolik an’analarini davom ettirgan. 

Bundan tashqari, u qadimiy yozuvchi Yunon va Arastu, Aflotun, Farobiy, ibn Sino, 

Nasriddin Tussiy kabi o‘rta osiyolik olimlar mehnatlarini yaxshi bilan, ularning 

asarlariga sharhlar va qaydlar yozgan. 

U, shuningdek, qadimiy olimlar o‘z asarlarida ko‘targan muammolarga sharhlar 

yozib, avvallari javobsiz qolgan savollarga javob bera olgan. 

Davoniyning ilmiy merosi juda boy bo‘lgan. 

U falsafa, mantiq, huquqshunoslik, axloq, matematika va geometriyadan 

kitobchalar yozgan. Ko‘plab zamondosh olimlar uning asralaridan foydalangan

o‘rganishgan va u tomonidan yozilgan g‘oyalarga chuqur kirishga harakat 

qilishgan. Uning ijodiy mehnatlari ko‘plab fanlardan o‘quv qo‘llanmaga aylangan. 

U tomonidan “Risolayi isboti vojib” (“Zaruriyatni isbotlash haqida risola”), 

“Risolat ul-xuruf” (“Harflar haqida risola”), “Risolayi fi tavjix ul-tashbix” 




(“Tashbix sharhi haqida risola”), “Risola dar ilm ul-nafs” (“Qalb amri haqida 

risola”), “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Tariqati 

tarbiyat ul-avlod” (“Bolalarga tarbiya berish uslubi”), “Arznoma” (“Qurolli 

kuchlarni boshqarish  usuli”) va boshqalar. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy-

axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy 

fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi 

jaloliy”). 

U nafaqat ilm-fan bilan shug‘ullangan, balki Foniy tahallusi ostida Navoiy singari 

she’rlar ham yozgan. Uning she’rlari Eron va Iroqda chop etilgan. 

Davoniy o‘zining ijodiy asarlarida Movaraunnahr va Xuroson madaniy merosidan 

foydalangan. Ular o‘sha hududda istiqomat qilgan xalqning ma’naviy hayotiga 

katta ta’sir ko‘rsatgan. 

Davoniyning eng yirik asar - “Axloqi jaloliy” (“Axloqi jaloliy”). 

U 1470 - 1478 yillar uzilgan va Uzun Xasanga - G‘arbiy Eronning hukumat 

vakliga bag‘ishlangan. Mazkur kitob V.F. Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima 

qilingan. Uning “Axloqi jaloliy” kitobi forsiyda yozilgan va qo‘l yozmasi 

dunyoning ko‘plab muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda. 

1911 yil u Kalkuttada chop etilgan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi 

Sharqshunoslik Institutida Davoniyning “Axloqi jaloliy” asarining ayrim qo‘l 

yozmalari va toshdagi bitiklari saqlanib keladi. 

1948 yil Eshonjon Muhammadxo‘ja asarning ma’noviy tarjimasini qilib, uni 

o‘zbek tilida qisqa ko‘rinishda nashrdan chiqargan. 

A.A. Semyonov, Re va Braunlarning fikriga ko‘ra, Davoniyning mehnati 

musulmon Sharqining eng ommabop kitoblaridan bo‘lgan. 

Bu kitobda o‘sha davrning jamoaviy-siyosiy va axloqiy tartibi ta’riflangan. Unda 

jamiyat tuzimi, uning sinfiy bo‘linmasi, davlat qurilishi va uni boshqarish yo‘llari, 

adolatli va adolatsiz hukmdorlar va ularning qo‘l ostidagilarga munosabatlari, 

odamlarning jamiyatdagi, ta’lim-tarbiyadagi o‘rni bayon etilgan. 

U bir o‘zi yashagan va o‘ziga-o‘zi ovqat tayyorlagan, kiyim tikkan, qishloq 

xo‘jaligi mehnati uchun ish-qurollar yasagan va ko‘p ishlarni o‘zi qilgan, shu 

sababli, u hamma soha ustasiga aylangan. 

“Axloqi jaloliy” kitobining 135-betida “Odamlar birlashib, bir-biriga 

yordamlashganda boshqalar to‘g‘risida chinakamiga qayg‘uradi, o‘zaro yordam va 

aloqa-o‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash vositalari 

tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi va inson zoti saqlanadi”, deb 

yozilgan. Unda ijodkor davlat tuzumi haqida o‘zining xayoliy g‘oyalarini 

ifodalaydi. 

U ibn Miskavayh, Forobiy va Nasriddin Tussiylar singari shahar va davlat 

rivojlangan bo‘lib, unda fan va madaniyat taraqqiy etishi bilan birga, yuksalishda 

qoloq bo‘lishi ham mumkin deb hisoblagan. Davoniy rivojlanayotgan va taraqqiy 

topayotgan shaharlar “qonun-qoidalari insonni ravnaq toptirib, hayotning mushkul 

holatlaridan olib chiquvchi tartibda belgilanishi” (shu kitobning o‘zida, 152-bet) 

haqida gapirgan. Rivojlangan shaharlarni adolatli, kuchli insonlar boshqarishi 

zarur. Barcha odamlar, qaysi sinfga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona 

qonunga bo‘ysunishi lozim. 



Qoloq shaharlar boshqaruvchilari faqat o‘z manfaatlari haqida o‘ylaydi, u yerda 

poraxo‘rlik va mansabdorlarga bo‘ysunish avj olgan. 

Ensiklopediyachi-olim Davoniy ko‘proq pedagogik meros qoldirgan. Unga falsafa, 

mantiq, huqushunoslik, axloq, matematika va geometriyaga oid asarlar tegishli. 

Davoniyning umumiy yuzdan ortiq kitoblari mavjud. U tomonidan “Muhimlikni 

isbotlash haqida risola”, “Moddalar haqida risola”, “Qalbni bo‘ysundirish haqida 

risola”, “Qalb amri haqida risola”, “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik 

haqida risola”, “Bolalarga tarbiya berish uslubi” kabilar yaratilgan. Davoniyning 

ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy-axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng 

yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi 

Jaloli” (“Axloqi jaloliy”). 

Uning ijodiy mehnatlari, xususan “Axloqi jaloliy” O‘rta Osiyo, ayniqsa, 

O‘zbekiston xalqining pedagogik fikrlari rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. 

Davoniyning “Axloqi Jaloli” ko‘p yillar mobaynida Samarqand va Buxoroning 

maktab va madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi o‘rnida foydalanilgan. Mazkur asar 

Yusuf Qorabog‘iy, Abu Tohir Samarqandiy, Abdulla Avloniylarning pedagogik va 

axloqiy dunyo qarashi shakllanishida katta o‘ringa ega bo‘lgan. Shu sabab, 

Davoniyning mazkur asarini o‘rganmay, XV asrdan keyingi O‘zbekistonning 

pedagogik fikri rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlarini 

aniqlash qiyin bo‘lardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 



 

Download 206.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling