Jaloliddin Dovoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Reja: Jaloliddin Dovoniyning ilm-fan taraqqiyotiga tutgan o’rni
Download 206.39 Kb. Pdf ko'rish
|
8 seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Jaloliddin Dovoniyning axloq komolotiga doir qarashlari.
Jaloliddin Dovoniyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Reja: 1. Jaloliddin Dovoniyning ilm-fan taraqqiyotiga tutgan o’rni. 2. Jaloliddin Dovoniyning axloq komolotiga doir qarashlari. Jaloliddin Davoniy (1427-1502) — pedagogik tafakkur rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘rta asr Sharqining eng taniqli mutafakkirlaridan Muhammad Asad bin Jaloliddin (ba’zi manbalarda Saadiddin) ko‘pqirrali ensiklopedik olim bo‘lgan. Jaloliddin Davoniy Kazarun (Eron) poytaxtining Dovon qishlog‘ida tug‘ilgan, bolalik yillari shu yerda o‘tgan. Sherozdagi Dorul Aytom madrasasida Mavlono Qo‘shqanor va Xoja Xasanshoh Baqqol ulamolar rahbarligi ostida ta’lim olgan. Ta’limni yakunlagach, madrasada dars beradi, so‘ngra, Sheroz qozisi bo‘ladi. Qozilik lavozimida xizmatni o‘tab, murabbiylik faoliyatiga qaytadi, ko‘p sayohat qilgan, Eron, Iroq, Hindiston kabi shaharlarda, Kushon, Gilon, Tabriz, Hirotda (Afg‘oniston) bo‘lib, olimlar bilan uchrashadi. Manbalarga ko‘ra, u O‘rta Osiyoning ko‘plab olim va shoirlarining ishlarini yaxshi bilgan. U Farobiy, ibn Sino, Nasriddin Tussiylarning ilmiy ishlarini va ijtimoiy g‘oyalarini o‘rgangan, u Hirot, Vizantiya (Rum), Ozarbayjon, Karmana, Xurmuza, Tabariston, Xuroson va Jurjon olimlari bilan yozishmalar olib borgan. Muhammad Ali Tabriziyning aytishicha, Davoniy o‘z asarlarida “Vizantiya, Xuroson, Turkiston va Sulton Abu Said Temuriy zamondoshlarining boshqa buyuk olimlari mehnatlaridan fodalangan” (Muhammad Ali Tabriziy. Rayxonot ul-adab. Tehron, 1949, 3-tom). Davoniy uzoq yillar mobaynida Hirotda yashab, u yerda Abdurahmon Jomiy va boshqa olimlar bilan tanishgan. Sherozga kelgach, u doimiy ravishda Jomiy bilan yozishmalar olib borgan. Davoniy Ali Qushchi bilan yaqindan tanish bo‘lgan. Davoniyning falsafiy va ijtimoiy nuqta nazarining shakllanishida Movaraunnahr olimlarining fikrlari katta ta’sir ko‘rsatgan. U o‘z ustozlarining firk va mehnatlarini targ‘ibot qilish bilan birga, ularning madaniya, falsafiy va ilmiy o‘rta osiyolik an’analarini davom ettirgan. Bundan tashqari, u qadimiy yozuvchi Yunon va Arastu, Aflotun, Farobiy, ibn Sino, Nasriddin Tussiy kabi o‘rta osiyolik olimlar mehnatlarini yaxshi bilan, ularning asarlariga sharhlar va qaydlar yozgan. U, shuningdek, qadimiy olimlar o‘z asarlarida ko‘targan muammolarga sharhlar yozib, avvallari javobsiz qolgan savollarga javob bera olgan. Davoniyning ilmiy merosi juda boy bo‘lgan. U falsafa, mantiq, huquqshunoslik, axloq, matematika va geometriyadan kitobchalar yozgan. Ko‘plab zamondosh olimlar uning asralaridan foydalangan, o‘rganishgan va u tomonidan yozilgan g‘oyalarga chuqur kirishga harakat qilishgan. Uning ijodiy mehnatlari ko‘plab fanlardan o‘quv qo‘llanmaga aylangan. U tomonidan “Risolayi isboti vojib” (“Zaruriyatni isbotlash haqida risola”), “Risolat ul-xuruf” (“Harflar haqida risola”), “Risolayi fi tavjix ul-tashbix” (“Tashbix sharhi haqida risola”), “Risola dar ilm ul-nafs” (“Qalb amri haqida risola”), “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Tariqati tarbiyat ul-avlod” (“Bolalarga tarbiya berish uslubi”), “Arznoma” (“Qurolli kuchlarni boshqarish usuli”) va boshqalar. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy- axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi jaloliy”). U nafaqat ilm-fan bilan shug‘ullangan, balki Foniy tahallusi ostida Navoiy singari she’rlar ham yozgan. Uning she’rlari Eron va Iroqda chop etilgan. Davoniy o‘zining ijodiy asarlarida Movaraunnahr va Xuroson madaniy merosidan foydalangan. Ular o‘sha hududda istiqomat qilgan xalqning ma’naviy hayotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Davoniyning eng yirik asar - “Axloqi jaloliy” (“Axloqi jaloliy”). U 1470 - 1478 yillar uzilgan va Uzun Xasanga - G‘arbiy Eronning hukumat vakliga bag‘ishlangan. Mazkur kitob V.F. Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Uning “Axloqi jaloliy” kitobi forsiyda yozilgan va qo‘l yozmasi dunyoning ko‘plab muzey va kutubxonalarida saqlanib kelinmoqda. 1911 yil u Kalkuttada chop etilgan. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi huzuridagi Sharqshunoslik Institutida Davoniyning “Axloqi jaloliy” asarining ayrim qo‘l yozmalari va toshdagi bitiklari saqlanib keladi. 1948 yil Eshonjon Muhammadxo‘ja asarning ma’noviy tarjimasini qilib, uni o‘zbek tilida qisqa ko‘rinishda nashrdan chiqargan. A.A. Semyonov, Re va Braunlarning fikriga ko‘ra, Davoniyning mehnati musulmon Sharqining eng ommabop kitoblaridan bo‘lgan. Bu kitobda o‘sha davrning jamoaviy-siyosiy va axloqiy tartibi ta’riflangan. Unda jamiyat tuzimi, uning sinfiy bo‘linmasi, davlat qurilishi va uni boshqarish yo‘llari, adolatli va adolatsiz hukmdorlar va ularning qo‘l ostidagilarga munosabatlari, odamlarning jamiyatdagi, ta’lim-tarbiyadagi o‘rni bayon etilgan. U bir o‘zi yashagan va o‘ziga-o‘zi ovqat tayyorlagan, kiyim tikkan, qishloq xo‘jaligi mehnati uchun ish-qurollar yasagan va ko‘p ishlarni o‘zi qilgan, shu sababli, u hamma soha ustasiga aylangan. “Axloqi jaloliy” kitobining 135-betida “Odamlar birlashib, bir-biriga yordamlashganda boshqalar to‘g‘risida chinakamiga qayg‘uradi, o‘zaro yordam va aloqa-o‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash vositalari tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi va inson zoti saqlanadi”, deb yozilgan. Unda ijodkor davlat tuzumi haqida o‘zining xayoliy g‘oyalarini ifodalaydi. U ibn Miskavayh, Forobiy va Nasriddin Tussiylar singari shahar va davlat rivojlangan bo‘lib, unda fan va madaniyat taraqqiy etishi bilan birga, yuksalishda qoloq bo‘lishi ham mumkin deb hisoblagan. Davoniy rivojlanayotgan va taraqqiy topayotgan shaharlar “qonun-qoidalari insonni ravnaq toptirib, hayotning mushkul holatlaridan olib chiquvchi tartibda belgilanishi” (shu kitobning o‘zida, 152-bet) haqida gapirgan. Rivojlangan shaharlarni adolatli, kuchli insonlar boshqarishi zarur. Barcha odamlar, qaysi sinfga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar, yagona qonunga bo‘ysunishi lozim.
Qoloq shaharlar boshqaruvchilari faqat o‘z manfaatlari haqida o‘ylaydi, u yerda poraxo‘rlik va mansabdorlarga bo‘ysunish avj olgan. Ensiklopediyachi-olim Davoniy ko‘proq pedagogik meros qoldirgan. Unga falsafa, mantiq, huqushunoslik, axloq, matematika va geometriyaga oid asarlar tegishli. Davoniyning umumiy yuzdan ortiq kitoblari mavjud. U tomonidan “Muhimlikni isbotlash haqida risola”, “Moddalar haqida risola”, “Qalbni bo‘ysundirish haqida risola”, “Qalb amri haqida risola”, “Kinoya sharhi haqida risola”, “Ruhshunoslik haqida risola”, “Bolalarga tarbiya berish uslubi” kabilar yaratilgan. Davoniyning ijtimoiy-ruhiy, jamoaviy-axloqiy hamda pedagogik muammolar ko‘tarilgan eng yirik asari “Axloqiy fazilatlar usutunligida yog‘du jilosi” yoki qisqa nomi “Axloqi Jaloli” (“Axloqi jaloliy”). Uning ijodiy mehnatlari, xususan “Axloqi jaloliy” O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston xalqining pedagogik fikrlari rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Davoniyning “Axloqi Jaloli” ko‘p yillar mobaynida Samarqand va Buxoroning maktab va madrasalarida o‘quv qo‘llanmasi o‘rnida foydalanilgan. Mazkur asar Yusuf Qorabog‘iy, Abu Tohir Samarqandiy, Abdulla Avloniylarning pedagogik va axloqiy dunyo qarashi shakllanishida katta o‘ringa ega bo‘lgan. Shu sabab, Davoniyning mazkur asarini o‘rganmay, XV asrdan keyingi O‘zbekistonning pedagogik fikri rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash qiyin bo‘lardi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Download 206.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling