Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash
-bob. Jamg‘arma mablag‘larning xarajatlari ijrosini nazorat qilish
Download 202.01 Kb.
|
243 27.04.2021
5-bob. Jamg‘arma mablag‘larning xarajatlari ijrosini nazorat qilish
10. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi. 11. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan yozma murojaatga asosan, barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati yoki muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan foydalaniladi. Mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muassasalardan boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari rahbari topshirig‘iga asosan ularning buxgalteri yoki budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan foydalaniladi. Oldingi tahrirga qarang. Bunda shartnomalarni imzolash, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) turlarini tanlash, mahsulotlarni (ishlar, xizmatlarni) sifatli qabul qilib olish ta’lim muassasa va tashkiloti rahbari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan ishlar uchun ta’lim muassasasi va tashkiloti rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi. (11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari: tegishliligi bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning jamg‘armalariga mablag‘larning tushumlari (pullik xizmatlar, ijara, homiylik xayriyalari, grantlar va boshqalar) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni olishga; xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, shuningdek, moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasini yoki ushbu vazirlik rahbariyatini xabardor qilgan holda budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlarini moliyalashtirishni (to‘lashni) cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yishga haqli. Jinoyat alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tekshirish materiallarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishi lozim. Download 202.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling