Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash
-bosqich Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati
Download 202.01 Kb.
|
243 27.04.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Izoh. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tarkibiga kirmagan muassasa va tashkilotlar (alohida budjet mablag‘lari hisobidan buxgalter lavozimi kiritilgan) daromadlar va xarajatlar rejalari ijrosini mustaqil ravishda amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga 2-ILOVA O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari ro‘yxatiga, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlarining I-bandiga quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshisi qo‘shilsin: “e) inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarining maxsus pedagoglariga ularning bazaviy tarif stavkasiga har oyda 50 foiz ustama haq to‘lanadi.”. 2. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining: a) 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “5. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni har yili: birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami; maktablardagi barcha 1 — 11-sinflar o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan bepul ta’minlash joriy qilinsin”; b) 1- va 2-ilovalar chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) tartibida: a) 15-bandda: uchinchi xatboshidagi “muassasalaridan” so‘zi “muassasa va tashkilotlaridan” so‘zlari bilan almashtirilsin; yettinchi xatboshidagi “muassasalarining” so‘zi “muassasa va tashkilotlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin; b) 29-bandning yettinchi xatboshisidagi “muassasalariga” so‘zi “muassasa va tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin. 4. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda): a) 4-bandda: ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun: 15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz; 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz; 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz; 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz; 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;”; quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin: “Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi”; b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari
Download 202.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling