Jamiyat falsafasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

Jahon sivilizatsiyasi. Jahon sivilizatsiyasi deganda Sharq va G‘arb sivilizatsiyalari, 
mintaqaviy va hududiy sivilizatsiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bolgan umuminsoniyat, 
sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan 
barcha odamlarning umumiy makoni bolgan Yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida 
mavjud bolgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bogliq jarayonlar 
majmuasini o‘zida aks ettiradi. Insoniyat taraqqiyotining bugungi holati zamonaviy 
sivilizatsiyaning asosiy tamoyillari bilan uzviy aloqador ekan, Respublikamizning umuminsoniy 
sivilizatsiya bilan uyg‘unlashuvi ham ko‘p jihatdan ana shunga bogliq. Hozirgi paytda insoniyat 
o‘z rivojining yangi bosqichiga ko‘tarildi. U o‘zida moddiy ishlab chiqarish yutuqlarini, insoniyat 
tomonidan orttirilgan tajribalarni, jahon miqyosida paydo bolgan muammolarni oqilona hal etish 
yollari va usullarini mujassamlashtiradi. O‘zbek xalqi Sharq sivilizatsiyasi bag‘rida kamol topdi. 
Vatan va onaning muqaddasligi, jamoaviylik, o‘zaro yordam, tabiatga oqilona munosabat, 
mehnatsevarlik, sabr-toqatlilik, kattalarga hurmat, kambag‘alparvarlik va boshqalar. Sharq 
sivilizatsiyasiga xos belgilardir. O‘zbekiston jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ilm-fan, axloq, din, 
san’at va madaniyat sohasidagi ulkan yutuqlari bilan munosib hissa qo‘shmoqda. Milliy 
mustaqillik yillarida O‘zbekiston o‘z milliy qadriyatlari, ma’naviy merosi va boy madaniyatiga 
tayanib, Sharq va G‘arbning umumbashariy qadriyatlari va tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, 
dunyoviy sivilizatsiya yo‘lidan bormoqda. Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon 
yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bolishi jahon sivilizatsiyasining asosiy maqsadi va 
yo‘nalishiga aylanib qoldi. Shu ma’noda, Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasi deb 
ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bolib, ularning o‘zaro ta’siri, hamkorligi 
sivilizatsiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi. To‘g‘ri, bu tizim tarkibida 
Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko‘p jihatdan jahon 
tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatadi, muayyan jarayonlarning yo‘nalishlarini belgilaydi. Ammo 
bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib German iyagacha, 
Andorra yoki Monakolan toki Fransiyagacha o‘z o‘rni, o‘ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu 
ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qat’i nazar, 
Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, tarkiblar tizimda muayyan tarzda amal 
qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizatsiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element 
sifatida kirib borgan. Jahon hamjamiyati o‘zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa 
ayrimlik va o‘ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari 
xususiylikni aks ettirsa, O‘zbekiston alohidalikni ifodalaydi. O‘zbekiston mustaqillikka 
erishganiga ko‘p bolmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega. Uning Markaziy 
Osiyodagi mavqei esa bu mintaqaning asosiy taraqqiyot yo‘nalishlarini ko‘p jihatdan belgilaydi. 


Har bir xalq, millat o‘zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi 
va jahon hamjamiyatiga qo‘shilib boradi. Bunday qo‘shilish ko‘p qirrali, rang-barang bolib, u 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi. Jahon 
hamjamiyatiga qo‘shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bolib, har bir mamlakatning har tomonlama 
taraqqiy etishi, yer yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy 
resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga 
imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tgan xalqlarning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, 
umuminsoniy qadriyatlarning ustovorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, 
inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon boladi. 
Sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bolgan madaniyatning rolini anglash 
muhimdir. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat 
ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o‘ziga xos rangini belgilab 
beradi. Hatto ishlab chiqarish kuchlariga ham o‘ziga xos xarakterlilik, ahamiyatlilik beradi. Bu 
bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivilizatsiyaning shakllanishini, mavjud 
bolishi va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz vazifasini o‘taydi. Demak, sivilizatsiya 
madaniyatning konkret namoyon bolishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling