Jamiyat falsafasi


Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

 
Jamiyatning moddiy hayotiga quyidagilar kiradi: 
- kishilarning yashashi, shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy shart-
sharoitlar;
- oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i, kommunikatsiya vositalari;
- moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish;
- ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida amal qiladigan iqtisodiy munosabatlar 
majmui;
- moddiy boyliklar, tabiiy zahiralar. 
Jamiyatning ma’naviy hayotiga olamni tushunish, jamiyat va inson to‘g‘risidagi qarashlar, 
nazariyalar, ta’limotlar, g‘oyalar, mafkura, ijtimoiy ong shakllari, ta’lim-tarbiya, axborot 
vositalari, madaniyat, ilm-fan muassasalari va boshqalar kiradi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy 
hayotini boshqarish, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda turli siyosiy institutlar 
(davlat, siyosiy partiyalar, tashkilotlar, turli uyushmalar) muhim o‘rin tutadi. Jamiyatni boshqarishning 
siyosiy-xuquqiy jihatlari ham muhimdir. Kishilar tamonidan siyosiy va huquqiy bilimlarning chuqur 
o‘zlashtirilishi jamiyatning barqaror yashashi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi nazariyalar. Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning 
mohiyati va rivojlanishiga oid turli nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi Gegel 
jamiyatning shakllanishi va rivojlanish sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L. 
Feyerbax din bilan bog‘lagan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan. 
Fransuz mutafakkiri O. Kont jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy 
taraqqiyotining uch bosqichi (teologik, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan izohlagan. K. Marks 
jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy o‘zgarishlar bilan bog‘lagan, barcha 
ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy 
ravishda mutlaqlashtirgan va ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni 
amalga oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday 
nazariyaning bir yoqlama va xato ekanini ko‘rsatdi.
Jamiyat taraqqiyoti ko‘p bosqichli jarayon ekani to‘g‘risidagi qarashlar AQSH faylasufi O. 
Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko‘ra jamiyatlar taraqqiyotiga binoan, agrar 
jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti 
borasida sivilizatsiyali yondashuv g‘oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko‘ra har bir 
xalq o‘zining betakror, noyob, o‘ziga xos va o‘ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan holda, 
boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos modelini 
yaratadi. 
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o‘z oldiga qo‘ygan 
maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muxtoj bo‘lgani kabi, jamiyat ham o‘z 
oldiga qo‘ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka ehtiyoj sezadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling