Jamiyat falsafasi


INSON FALSAFASI (FALSAFIY ANTROPOLOGIYA)


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

INSON FALSAFASI (FALSAFIY ANTROPOLOGIYA) 
REJA: 
 
1.Antropologiyaning mazmun va mohiyati. 
2.Sharq falsafasida inson 
3.G’arb falsafasida inson 
4.Individ va individuallik, inson va shaxs 
 
Tayanch tushunchalar: antropologiya, odam, inson, shaxs, individ, individuallik, 
teosentrizm, kosmosentrizm, antrposentrizm, sotsiosentrizm
ANTROPOLOGIYA
inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rnini, o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini to‘laroq ochish 
uchun «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‘llanadi. «Men» — insonning o‘zligini 
tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. «Men» ong tufayligina o‘zini boshqa borliqdan 
farqlaydi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs insonning mustaqilligini 
ifoda etadi. Inson o‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana 
ehtiyojlarini qondirish inson borlig‘ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi 
faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yishdan 
iborat emas. Inson ruhi ham o‘ziga xos oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma’rifatparvarlik, 
odamiylik, odillik, rahm-shafqat, diyonat, vijdon, oliyhimmatlik, vatanparvarlik kabi ma’naviy 
fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini 
mustahkamlaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma’naviy-ruhiy 
jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. Insonning ma’naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy 
manfaatlaridan ajratish, unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, 
etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini to‘g‘ri tushunishga halaqit berishi mumkin.
Inson — falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda tutgan o‘rni 
falsafiy muammolar tizimida muhim o‘rin tutadi. Turli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha 
talqin etib kelingan. Shunday bo‘lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va 
madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o‘zligini chuqurroq anglashga, insoniy 


mohiyatini ro‘yobga chiqarishga intilaveradi. Dunyoni insonning teran qatlamlariga kirmasdan 
sirtdan bilishga bo‘lgan barcha urinishlar narsalar haqida faqat yuzaki tasavvur hosil qilish 
imkonini beradi. Insondan sirtga qarab harakat qiladigan bo‘lsak, narsalar mohiyatini hech anglay 
olmaymiz, zero bu mohiyat insonning o‘zida mujassamlashgan. Bu fikr qadimgi 
mutafakkirlargayoq yaxshi ma’lum bo‘lgan. Unga turli ko‘rinishlarda Sharqda ham, yunon-rim 
falsafiy an’anasida ham duch kelish mumkin.
Xususan, antik davrda Delfidagi Apollon ibodatxonasiga kiraverishda ustunga o‘yib 
yozilgan, rivoyatlarga qaraganda Suqrot takrorlashni yaxshi ko‘rgan “O‘z-o‘zingni angla”, degan 
ibora ayniqsa mashhur bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, oradan ikki yarim ming yil vaqt o‘tgach, 
hozir ham bu fikr o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U nafaqat narsalar dunyosini, balki inson 
borlig‘ining mohiyatini, inson va ijtimoiy munosabatlarning asl tabiatini tushunishga harakat 
qilayotgan har bir odam uchun o‘z-o‘zini anglashga chorlovchi fikr bo‘lib qolmoqda. Buni faqat 
shu bilan izohlash mumkinki, ayni holda har bir yangi avlod o‘z davri hamda tabiiy-ilmiy va 
falsafiy tasavvurlarning tegishli darajasi nuqtai nazaridan echishga harakat qiladigan o‘ta 
murakkab, «boqiy» falsafiy masalalardan biri to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Xususan, qadimgi xitoy 
faylasufi Lao Szi fikriga ko‘ra, “boshqalarni biluvchi oqil, o‘zini biluvchi donishmanddir”. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling