Jamiyat falsafasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

Madaniyat – ramzlar, inonch–e’tiqodlar, qadriyatlar, mezonlar, yig’indisidir. Madaniyatda 
mazkur jamiyat, millat, guruhlarning xarakterli xususiyatlari ham o’z ifodasini topadi. Jamiyat, 
millat, guruhlar aynan o’z madaniyati bilan farqlanadi. Xalq madaniyati – uning hayot tarzi
kiyimlari, yashash maskani, oshxonasi, xalq og’zaki ijodi, diniy tasavvurlari, inonch–e’tiqodlari 
va boshqalardir. 
Madaniyatga ijtimoiy–maishiy asbob–uskunalar, jamiyatda qabul qilingan xushmuomalalik 
imo–ishoralari va salomlashuv, yurish tarzi, muomala etiketi, gigiena odatlari va hokazolar ham 
kiradi. Aksariyat madaniy tushunchalar va qarashlar avloddan–avlodga o’tib boraveradi
3
.
Madaniyat sohalari bo’yicha quyidagicha tasnif qilinadi: 
a) Iqtisodiy madaniyat (bu soha ishlab chiqarish madaniyati, taqsimot madaniyati, 
ayirboshlash madaniyati, iste’mol madaniyati, boshqaruv madaniyati, mehnat madaniyati kabi 
turlarni o’z ichiga oladi). 
b) Siyosiy madaniyat: jamiyatda siyosiy madaniyat taraqqiyot ko’rsatkichlari – shaxsning 
fuqarolik va siyosiy huquqlari borligidir. Bu huquqlar xalqaro mezonlarga mosligi, amalda 
qo’llanishi, partiyalar o’rtasidagi kurashlarning usul va shakllari va hokazolar bilan belgilanadi. 
8
Э.Б.Тайлор. Первобытная культура. М.: Изд. “Политической литературы”, 1989, стр.36. 
9
Qarang: O'zbek tilining izohli lug'ati, M. 1981 . 1-tom, Enciklopedik lug'at, T. 1990 yil, 1-tom, falsafa, qomusiy 
luhat, T. 2004 yil, 230-bet 
3
Кравченко А.И. Культурология. – Учебник. “Проспект”, М.:2005, стр.15. 


Siyosiy madaniyat - insonlarning siyosiy manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi 
siyosiy - huquqiy g’oyalar majmuidir. Siyosiy madaniyat ma’naviy qadriyatlarga aloqadordir. Bu 
madaniyat turi tarixiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlariga, 
jamiyatning siyosiy faoliyatiga bog’liq holda vujudga keladi. Siyosiy madaniyat inson 
faoliyatining bir ko’rinishi bo’lib, uning tabiatida qayta yaratish va uni tarbiyalash jarayonlarini 
qamrab oladi.
Siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhlarning siyosiy hokimiyatga ta’sirida 
namoyon bo’ladi. Ma’naviy tomondan esa tabaqalashtirilgan ijtimoiy munosabatlarni anglab etish, 
dasturlar ishlab chiqish, muayyan siyosiy g’oyalarni targ’ib qilishni nazarda tutadi. Mafkura, 
siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat kabilar siyosiy madaniyatni 
hayotga tatbiq qilish omillaridir. 
v) Kasb mahorati madaniyati : aniq mehnat turi bilan bog’liq maxsus nazariy bilim va 
amaliy ko’nikmalar yig’indisidan iborat. 
g) Pedagogik mahorat madaniyati – ilmiy bilimlarni va axloqiy qadriyatlarni mazkur 
jamiyatdagi yosh avlodga etkazishdan iborat. 
d) Ekologik madaniyat – inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarni qamrab oladi. Bu soha 
madaniyatshunoslikka oid tadqiqotlarda eng faol rivojlanib borayotgan sohadir. Ekologik 
madaniyatga ayniqsa G’arb olimlari alohida yondashib, atrof muhit omillaridan kelib chiqqan 
holda madaniyatning turli shakllarini tahlil qiladilar. Bu tahlillarga binoan, madaniyat tabiiy 
sharoitlarga ko’nikish vositasi sifatida tushuniladi. Xo’jalikning, yashash binolarining, mehnat 
qurollarining, kiyim va urf–odatlar ma’lum darajada iqlim, geografik joylashuv, o’simliklar va 
hayvonot olami, temperatura va boshqa ob’ektiv sabablar bilan belgilanadi. Jumladan, Osiyo va 
Afrikaning sahro va cho’l hududlarida sult mahsulotlari go’sht mahsulotlariga qaraganda muhim 
o’rin egallaydi. Dunyoning boshqa hududlarida esa o’simlikdan tayyorlangan ovqat go’shtli 
ovqatlarga nisbatan yuqori o’rinda turadi. Keyingi bir necha yuz ming yil davomida insonlarning 
oshqozon–ichaklari uzunligi qisqarib ketdi. Olovda pishirilgan ovqatning hazm bo’lishi xomini 
hazm qilishga nisbatan osonroq bo’lib qoldi, taraqqiyot bu vaziyatni hisobga oldi. Ovqat hazm 
qilish a’zolarining solishtirma og’irligi qisqarishi esa boshqa a’zolarning rivojlanishiga yaxshi 
imkoniyat yaratib berdi, a’zolarning qon bilan ta’minlanishi yaxshilandi. Balki, bu holat inson 
miyasining taraqqiyotiga ham ta’sir ko’rsatgan bo’lishi mumkin. 
Umuman, insoniyat er yuzida olg’a siljishi natijasida uning tabiat bilan yoki ma’lum 
geografik sharoit bilan bog’liq xo’jalik–madaniy ko’rinishi paydo bo’lgan. Insonlar ma’lum 
geografik sharoitga mos tarzda yashash tarzini yaratganlar. 
Ko’rinishlari bo’yicha madaniyat quyidagicha tasnif qilinadi: 
a) Hukmron madaniyat – mazkur jamiyat a’zolarining ko’pchiligi istifoda etadigan 
qadriyatlar, inonch–e’tiqodlar, an’ana va urf–odatlardan iborat.
b) Qishloq madaniyati – faqat qishloq joyda doimiy yashab, qishloq xo’jaligi bilan 
mashg’ul bo’lgan odamlar o’rtasidagi munosabatlar, hayot tarzi va b.lardan iborat. 
v) Shahar madaniyati – yirik va qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanmaydigan sanoat va 
ma’muriy markazdir. Hamma shahar aholisi uchun yagona madaniyat mavjud emas. Chunki 
shaharlar faqat geografik va geopolitik (Evropa va Yaponiyaga yaqinligi) aholi miqdori, shahar 
kengligi bilangina emas, balki ishlab chiqarish sohasiga ko’ra ham farq qiladi: to’qimachilik 
sanoati, konchilik sanoati markazlashgan shaharlar, shaxtyorlar shahri, avtomobil ishlab 
chiqarishga ixtisoslashgan shaharlar, ilm–fan markazlari bo’lgan shaharlar, kurort shaharlar, 
harbiy shaharchalar borki, bularning har birida o’ziga xos madaniyat mavjud. 
b) O’rganish bo’lib qolgan madaniyat – inson yashab turgan ijtimoiy va milliy muhitda 
kundalik hayot ko’nikmalarini egallashdan iboratdir. Bu madaniyat ko’rinishi oilada, tengdoshlar, 
qarindosh urug’lar davrasida yuz beradigan muloqotdan, maktab ta’limidan va ommaviy axborot 
vositalari orqali olingan ommabop bilimlar va ko’nikmalardan iborat bo’ladi.
v) Ixtisoslashgan madaniyat – fan, san’at, falsafa, huquq, din kabilarga oid bilimlarni to’liq 
egallagan va o’z sohalari bo’yicha egallagan bilimlari orqali alohida guruhlarni tashkil qiladigan 
vakillarning kasb mahoratidir.


Madaniyat paydo bo’lishi va darajasiga ko’ra quyidagi shakllarga ega: 
a) Yuksak madaniyatoddiy odamlar tushunishi qiyin, jamiyatdagi maxsus ijodkorlar 
yaratgan madaniyat shaklidir. Bu madaniyat shakli nafis san’atni, mumtoz musiqani va adabiyotni 
o’z ichiga oladi.
b) Xalq madaniyati – ommaviy va xalq og’zaki ijodi madaniyatini o’z ichiga olgan 
madaniyat shakllari bo’lib, keng ommaning mehnati va turmushiga bog’liq holda yaratilgan 
qadimiy ijod namunalaridir. Xalq madaniyatining bu shakliga bugungi turmush tarzi, urf–odatlar, 
qo’shiqlar, folklor ansambllari, xalq og’zaki ijodi janrlari – afsonalar, ertaklar, eroslar va boshqa 
janrlar mansub. 
v) Ommaviy madaniyat – baylanmilal va milliy ko’rinishga ega bo’lib, keng auditoriyaga 
mo’ljallangan, muallifi mavjud, odamlarning talab va ehtiyojlarini bir zumda qondiradigan har 
qanday yangi hodisalarga ta’sir bildirib, ularni aks ettiradigan madaniyat shaklidir. Estrada, tsirk, 
radio, televidenie va boshqa ayrim musiqa turlari shu madaniyatga aloqadordir.
Bulardan tashqari, badiiy madaniyat va jismoniy madaniyat kabi kompleks ko’rinishlar ham 
bor. Mutaxassislar va havaskorlar yaratgan ijod namunalari badiiy madaniyatga mansub. San’at ham 
badiiy madaniyatning bir qismidir. Jismoniy madaniyat keng ma’noda tanani jismoniy mashqlar 
yordamida tarbiyalash, sportga asosiy mashg’ulot turi sifatida qarash, sog’lom turmush tarzini 
kechirish, ya’ni chekish, ichkilikbozlikdan voz kechib, jismoniy mashqlar, kulturizm bilan 
shug’ullunish, yuzni plastik operatsiya va kosmetika qildirish, ozish, sport va havaskorlik raqslari, raqs 
bo’yicha o’tkaziladigan xalq sayillari va musobaqalari, tanani har xil illatlardan, jarohatlardan 
zamonaviy va an’anaviy tibbiyot yordamida xalos qilishdan iborat.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling