Jamiyat falsafasi
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa 8 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson shunday maxluqotki
- Inson
- Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr
- Abdulxoliq G‘ijduvoniy
Protagorning: «Inson barcha narsalar mezonidir», degan fikri ham juda mashhur. «Tangri
saltanati bizning ichimizdadir», deb o‘rgatgan Iso Masih. Buddaviylarning: «O‘zligingga nazar tashla, sen Buddasan», degan chorlovi ham yuqoridagi fikr bilan hamohangdir. Islomda «Kimki o‘zini bilsa, u Allohni ham bilgaydir», deyiladi. Demak, inson o‘zini dunyodan oldinroq va ko‘proq biladi, ayni shu sababli u dunyoni o‘zidan keyin va o‘zi orqali anglab etadi. Falsafa dunyoni inson orqali ichdan bilishdir, fan esa insondan tashqaridagi dunyoni yuzaki bilish demakdir. Beruniy fikricha, insonning fe’l-atvori va ma’naviy qarashlari, surati va siyrati bevosita tabiiy muhit ta’sirida shakllanadi. Zero, aynan shu tabiiy muhit, geografik sharoit xalqlar, millatlar shakllanishining muhim asosi bo‘la oladi. Forobiy fikricha, inson o‘z tabiatiga ko‘ra hayotini tartibga keltirish, mustahkamlash va takomillashtirish uchun boshqa insonlarga muhtoj bo‘ladi. Yakka holda hech kim buning uddasidan chiqa olmaydi. “Inson_shunday_maxluqotki'>Inson shunday maxluqotki, u faqat jamiyatda o‘z ehtiyojlarini qondirishi va oliy ma’naviy darajaga ko‘tarilishi mumkin” 1 . Inson o‘z hayotining me’mori, ijodkori bo‘lmog‘i, o‘zida fozila xislatlar, iste’dodlarni tarbiyalashi lozim. Bunga esa u jamiyatda yashab faoliyat ko‘rsatgandagina erishadi. Inson ijtimoiy mavjudot. Yolg‘izlik uzlat uni qashshoqlashtiradi, insoniy qiyofasini va baxtga olib boradigan iste’dodini yo‘qotadi. Ibn Xaldun insonga ijtimoiy voqelik sifatida qaraydi. Undan ijtimoiy mohiyat izlaydi. Inson jonzot sifatida ezgulik va yovuzlik olamidir. Shunga ko‘ra, u umrining har daqiqasida yovuzlikdan ko‘ra ezgulikka, yomonlikdan ko‘ra yaxshilikka, nafratdan ko‘ra muhabbatga intilib yashashga mahkum etilgan aql sohibi, bebaho ne’matdir. Fransuz yozuvchisi va faylasufi J.P.Sartr (1905-1980) bu fikrni butunlay rad etadi. Uning fikricha, inson kelajakka qarab intiladi va shu tariqa o‘zini o‘zi yaratadi. U «Inson – odamzot kelajagidir», deb ta’kidlaydi. Shunday qilib, falsafaning ikki yarim ming yillik tarixi mobaynida insonga juda ko‘p ta’riflar va tavsiflar berildi, u ko‘p sonli sinonimlar orttirdiki, falsafiy tahlilning boshqa biron-bir ob’ektida bunday holga duch kelish mushkul. Zero, falsafa tarixida inson: «aqlli mavjudot»; «siyosiy hayvon»; «tabiat gultoji»; «mehnat qurollari yasovchi hayvon»; «o‘zlikni anglash qobiliyatiga ega mavjudot»; «ma’naviy va erkin mavjudot» va hokazolar sifatida talqin qilingan. Ulug‘ mutasavvuf Abdulxoliq G‘ijduvoniy insonni «kichik olam» deb hisoblagan. Falsafada bahs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman 1 Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1993. –B.69 olganda, insonga daxldor bo‘lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og‘irini engil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? shu ma’noda, inson, avvallo, o‘zi uchun zarur bo‘lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan. Tabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo‘lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog‘liqdir. Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o‘rganadi. Inson shunday murakkab va ko‘p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo‘lsa ham, bir-biridan farqlanadi. INSON - o‘zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos. Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o‘z-o‘zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, tafakkur, qadriyatlar shular jumlasidandir. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling