Jamiyat falsafasi


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan 
darajadagi bir tekis faoliyat ko‘rsatish imkoniyatidir.
U turg‘unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy turg‘unlik tushunchasi 
jamiyatdagi mavjud siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimning tanazzuli alomatidir. Jamiyatda 
barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan almashib turishi ham mumkin. 
Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach
ijtimoiy imkoniyatlar ruyobga chiqarilib bo‘lgach, uning bundan keyingi taraqqiyoti yo‘lida yangi 
muammolar tug‘iladi va ularni hal etish vazifasi paydo bo‘ladi. Jamiyat a’zolarining ma’naviy 
salohiyati, milliy psixologiyasi, tabiiy ravishda mavjud siyosiy tuzum kishilarni boshqarishning 
o‘ziga xos usullarini hayotga tadbiq etadi. Insoniyat hayoti tarixida jamiyat barqarorligini 


ta’minlashning monarxiyaga asoslangan, aristokratik, totalitar va demokratik usullari tajribadan 
o‘tgan.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi. Beqarorlik bir 
ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa bir ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish davrida keskinlashishi 
mumkin. Jamiyat barqarorligining izdan chiqishi kishilar psixologiyasidagi salbiy o‘zgarishlarda, 
qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning 
yo‘qolishida, g‘oya va mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo 
bo‘lishida, ijtimoiy adolat mezonlarining buzilishida, davlat idoralarining aholini boshqarish 
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o‘z ifodasini topadi. Jahon 
tajribasi har bir mamlakat va xalqning o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlash xuquqiga ega bo‘lishi umumiy 
xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash garovi ekanini ko‘rsatdi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling