Jamiyat falsafasi


Aksiologiyaning predmetini


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/39
Sana30.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1734585
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Falsafa 8 mavzu

Aksiologiyaning predmetini barcha turdagi qadriyatlar, ularning tabiati, turli 
qadriyatlarning bir-biri, ijtimoiy va madaniy omillar hamda shaxs strukturasi bilan aloqasi tashkil 
etadi. Aksiologiya ta’limotiga ko‘ra, qadriyatlar muayyan normativ kategoriya bo‘lib, ular 
maqsad, ideal, mayl, intilish, qiziqish predmeti sanalgan hamma narsani qamrab oladi. Quyidagilar 
5
Nazarov Q. Qadriyatlar falsafasi (Aksiologiya). -T.: O‘FMJ. 122004.-B.109 


bu nazariyaning asosiy tushunchalari va kategoriyalari hisoblanadi: yaxshilik, qadr-qimmat
foyda, ahamiyat, baho, g‘alaba, hayotning mazmuni, baxt, hurmat va h.k. 
Qadriyat – odamlar qadrlaydigan narsa. Narsalar yoki buyumlar ham, tabiat hodisalari ham, 
ijtimoiy hodisalar ham, insonning xatti-harakatlari ham, madaniyat hodisalari ham qadriyat 
bo‘lishi mumkin. Ammo «qadriyat» tushunchasining mazmuni, uning tabiati oddiy ong tasavvur 
qilganidek sodda emasQadriyat, xuddi haqiqat kabi, xossa emas, balki fikr va voqelik o‘rtasidagi 
munosabatdir. Inson o‘zining individual tajribasiga asoslanib, o‘zi uchun muhim bo‘lgan ob’ekt 
bilan o‘z ehtiyojlari va manfaatlari o‘rtasida aloqa mavjudligini anglab etadi.
Qadriyat tushunchasining yuqorida keltirilgan umumiy tavsifidan kelib chiqib unga quyidagi 
ta’rifni berish mumkin.
Qadriyat – bu borliq rang-barang elementlarining ob’ektiv ahamiyati bo‘lib, ularning 
mazmuni jamiyat sub’ektlarining ehtiyojlari va manfaatlari bilan belgilanadi.
Baholash. Aksiologiyaning asosiy kategoriyalari qatoriga qadriyat bilan bir qatorda hajman 
juda keng tushuncha – «baholash» ham kiradi. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning 
ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab etish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti 
va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida 
mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va 
aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, 
intilishlar, afzalliklar va, albatta, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining 
barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling