Jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar Reja


O‘zbekistonda parlament tizimi, ijroiya va sud hokimiyatidagi islohotlar.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi


Download 191.5 Kb.
bet2/13
Sana09.03.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1255079
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4-mavzu

2. O‘zbekistonda parlament tizimi, ijroiya va sud hokimiyatidagi islohotlar.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq O‘zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchunhozirgi zamon jahon standartlariga javob bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Demokratik tamoyillar va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining uchinchi tamoyili – davlat hokimiyatining uch tarmoqqa bo‘linishi nuqtayi nazaridan O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil bo‘lib, ayni vaqtda bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Prezident har uchala hokimiyat faoliyatini muvofiqlashtiruvchi mustaqil organ hisoblanadi. Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqich amalga oshirib borildi. O‘zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990–1994-yillarda mamlakatimiz parlamenti Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995–2004-yillarda Oliy Majlis nomi bilan atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan, «Milliy tiklanish» partiyasidan deputatlar bo‘lib, ilk bor parlament fraksiyalari tashkil etildi. 2005-yildan boshlab mamlakatimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish boshladi. Bu 2002- yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi.
Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida 150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi. Senatga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan, jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16 nafar elyurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.
Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin. Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar, uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling