Jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar Reja


O’zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati


Download 191.5 Kb.
bet8/13
Sana09.03.2023
Hajmi191.5 Kb.
#1255079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4-mavzu

4. O’zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi. Ko‘ppartiyaviylik – jamiyat hayotida ikki yoki undan ortiq partiyaning faoliyat yuritishi. Bu holat demokratik davlat va jamiyatlarga xos hisoblanib, jamiyat taraqqiyoti fikrlar xilma-xilligiga asoslanadi. Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko‘rsatishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy garovidir.
Hozirgidavrjahondagidemokratiyaningasosiymezonlaridanbirisaylovlarningko‘ppartiyaviylikasosidao‘tkazilishidir. 1991 yilningnoyabridaqabulqilingan “O‘zbekistonRespublikasiPrezidentisaylovito‘g‘risida”giQonundasaylovningko‘ppartiyaviylikasosidao‘tkazilishihuquqiyjihatdane’tirofetildi. MazkurQonundasiyosiypartiyalarmamlakatPrezidentligiganomzodlarko‘rsatishhuquqigaegaekanligibayonetildi.
1991-yil 15-fevralda “O‘zbekistonRespublikasidajamoatbirlashmalarito‘g‘ri­sida”giQonunning qabul qilinishiko‘ppartiyaviyliktizimishakl­lanishinihuquqiyjihatlarinita’minlabberdi. Dastlabki paydo bo’lgan partiyalardan biri -O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidir.Partiyaga 1991 yilning 1 noyabrida bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida asos solin­di. Qurultoy mustaqil O‘zbekiston tarixidagi muhim siyosiy voqea, ya’ni O‘zbekiston XDP ta’sis etilganligini e’lon qilib, uning Dasturi va nizomini qabul qildi.
Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadrqimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi. Oʻzbekiston XDPning oliy organi — 5 yilda 1 marta chaqiriladigan qurultoy. Oʻzbekiston XDPning markaziy nashrlari: "Oʻzbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalari, "Muloqot" jurnali.
Yana bir partiya Vatan Taraqqiyoti Partiyasi 1992 yilda tuzilib 2000 yilgacha faoliyat yuritdi.Vatan Taraqqiyoti Partiyasi (VTP) 1992 yil mart oyida tuzilgan. Partiyaning maqsad va vazifalari: erkin bozor munosabatlari asosida Oʻzbekistonning iqtisodiy va maʼnaviy mustaqilligini rivojlantirish, demokratik jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga qadam-baqadam taʼsir koʻrsatish, ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar manfaatini ifoda etish, xususiy mulkchilikni har tomonlama muhofaza qilishni rivojlantirish, faoliyatda hamisha amaliy tajriba hamda sogʻlom aql-idrokka tayanib ish koʻrish bo’lgan. 2000 yildaVatan Taraqqiyoti Partiyasi qarashlari juda yaqin bo’lgan «Fidokorlar» milliy demokratik partiyasi bilan birlashdi va “Fidokorlar” nomi bilan atala boshladi. (2008 yil 20 iyunda O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasining o’zi ham O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan birlashdi).

Download 191.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling