Jamiyati asoslarining shakllantirilishi, amalga oshirilgan siyosiy o‘zgarishlar Reja
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati
Download 191.5 Kb.
|
4-mavzu
Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyati. O’zbekiston mustaqillikning dastlabki yillaridanoq huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyatini barpo qilishni oldiga maqsad qilib qo’ydi. Dastlab fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga e’tibor berilgan bo’lsa, 2000-yildan – bugungi kunga qadar davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi.
Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarining o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, «Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi. Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, «fuqaro – jamiyat – davlat» prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi. Download 191.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling