Jamiyatni ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi - Reja:
- 1.Jamiyat va ijtimoiylik tushunchasi.
- 2.Jamiyatning belgilari
- 3.Shaxs tushunchasi
Jamiyat - kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo'lib, o'z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi.
Jamiyatimiz sotsial tizimining muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo'lakchalarning o'ziga hos tomonlarini, o'zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o'rganib, to'g'ri
boshqarish muhim ahamiyatga ega.
Sotsiologiya tarixida jamiyat – o'z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat airim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to'g'risidagi ta'limot bo'lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o'rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o'rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy hulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadi.
Ijtimoiy tizim - o'zaro bog'langan individlar, ijtimoiy guruhlar va institutlarni o'z ichiga oluvchi, murakkab tashkil bo'lgan va tartiblangan ijtimoiy yaxlitlik. Alohida shaxs ham uning tashqi dunyo bilan munosobatlarining serqirraligi va o'z-o'zini tashkil qilishining yaxlitligi nuqtai nazaridan ijtimoiy tizim hisoblanishi mumkin.
Avvallo biz jamiyatni sotsiologik nuqtai nazardan quyidagicha o'rganamiz:
1. Jamiyat tuzulishi va tarkibi o'rganiladi
(Jamiyat qandai kishilardan iborat, ular qancha va qandai sinf yoki tabaqalarga mansub?).
2. Jamiyatda yashayotgan
kishilarning hatti- harakatlari nimalardan iborat. (ularning o'zaro munosabatlaridagi harakterlari)?
3. Jamiyat taraqqiyoti uning rivojlanishi nuqtai
nazaridan o'rganiladi. dunyodagi barcha hodisalar vaqtlar o'tish bilan o'zgaradi.
Jamiyat ijtimoiy hodisaning umumiy va murakkab sistemasidir. Jamiyat elementlari:
- ijtimoiy faoliyatning belgilangan sotsial statusiga ega;
- o'zida ijtimoiy me`yor va qadriyatlarni aks ettiradi;
- individual sifatlar (shaxs ijtimoiy belgisi, qiziqishlari, qadriyatlari yo`nalishi, shaxs motivlari)dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |