Jamiyatning har bir sohasi ishlab chiqarish taraqqiyotida ma'lum bir funksiyalarni bajaradi:
- iqtisodiy munosabatlar - moddiy ishlab chiqarish funksiyasi;
- ijtimoiy munosabatlar – ijtimoiylashuvni – sotsializatsiya;
- siyosiy munosabatlar - ijtimoiy boshqaruvni (elementar nazorati);
- mafkuraviy munosabatlar - ma'naviy ishlab chiqarish funksiyasi va boshqalardir.
Ijtimoiy munosabatlar o'z mohiyatiga ko'ra jamiyat taraqqiyotiga ham ijobiy, ham salbiy ta'sir etadi.
Salbiy ta'sirli munosabatlar:
Ijobiy munosabatlar ta'siri:
befarklik, kamsitish, konfliktlar, begonalashuv, krizis, tengsizlik.
hamfikrlilik, kooperatsiya, kurash.
Ijtimoiy munosabatlar 2 turga bo'linadi:
- Moddiy munosabatlar.
- Mafkuraviy (ideologik) munosabatlar.
Moddiy munosabatlar - inson hayotining moddiy taraqqiyotidagi munosabatlar: inson yashashi, bor bo'lishi uchun, avvalo u moddiy ehtiyojini ta'minlashi kerak. U oziq-ovqat, kiyim, turarjoy bilan ta'minlanishi lozim. Ana shu ehtiyojini qondirish uchun u jamiyatda boshqa insonlar, guruhlar bilan munosabatda bo'ladi.
Shuningdek, oila ham, guruhlar ham, holi davlat ham nihoyat butun jamiyat hisoblanadi.
Mafkuraviy (ideologik) munosabatlar - siyosiy, huquqiy, ahloqiy va diniy munosabatlar.
Uning asosiy o'zagini moddiy munosabatlar tashkil etadi. Demak, moddiy munosabatlar bazis, ideologik munosabatlar usturma hisoblanadi.
Mamlakat-davlat suverenitetidan foydalanuvchi va hududiy chegaralarga ega bo'lgan dunyoning bir qismi yoki hududi. Davlat-ma'lum mamlakatning aniq siyosiy rejimga asoslangan, boshqaruv bo'g'inlari va hukumat strukturasiga ega hokimiyat.
Davlat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
- Iqtisodiy funksiya.
- Mudofaa funksiyasi.
- Boshqaruv yoki siyosiy funksiya.
Jamiyatlarning zamonaviy ko'rinishlari:
Agrar jamiyatlar
Industrial jamiyatlar Postindustrial jamiyatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |