Jamiyatni ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizimi
Download 1.87 Mb.
|
Jamiyatning ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy tizim
- Bu sahifa navigatsiya:
- Postindustrial jamiyatlarda
- Totalitar jamiyat
- Demokratik jamiyat
Agrar jamiyatlarda iqtisodiyot qishloq xo'jaligiga asoslanadi, asosiy sotsial institutlari armiya va cherkovlar (maschitlar) hisoblangan.
Industrial jamiyatlarda iqtisodiyot sanoat va ishlab chiqarishga asoslanadi, asosiy tashkilotlar koorporatsiya va firmalar bo'lib,insonlar intiladigan qadriyat pul hisoblanadi. Jamiyatni mulkdorlar boshqaradi. Postindustrial jamiyatlarda barcha sohalarda yetakchi kompyuter texnologiyalaridan keng ko'lamda foydalaniladi, asosiy tashkilotlari universitetlar bo'lib,asosiy qadriyat va insonlar intiladigan narsa bilim va malaka hisoblanadi. Jamiyatni ziyoli va yuqori intellektual salohiyatga ega insonlar boshqaradi Jamiyatning tuzilishi quyidagicha:
Sotsial o'zaro ta'sir va munosabatlarning birlamchi agenti bo'lib shaxs hisoblanadi. shaxsning kim ekanligini bilish uchun “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalarining chegaralarini aniqlab olish kerak bo'ladi.“Inson” tushunchasi hamma kishilarga hos bo'lgan umumiy sifat va qobiliyatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu tushuncha dunyoda inson zoti deb atalmish shunday o'ziga hos tarixiy jamoa mavjudligini anglatadi. Bu insoniyat qolgan hamma moddiy sistemalardan o'ziga hos hayotiy faoliyat usuli bilan farq qiladi. Insoniyat o'ziga hos moddiy reallik sifatida mavjud bo'ladi. Ammo insoniyat bu kabi yashay olmaydi. Konkret odamlar yashaydi va harakat qiladi. Insoniyatning konkret vakillarining bo'lishi individ tushunchasi orqali ifodalanadi. Individ - bu insoniyatning hamma sotsial va psixologik hususiyatlari: aql, idrok, ehtiyojlar va boshqalarning konkret tashuvchisi, insoniyat urug'ining yagona vakilidir. Bu holatda individ tushunchasi “konkret kishi” ma'nosida ishlatiladi. Shaxs insonning nisbatan ijtimoiy-tarixiy va ontogenenitik rivojlanishining maxsuli, maxsus insoniy tuzilma. Insonning biologik tabiati uning sotsial dunyosining rivojlanish bazasidir. Insonning ongi ham, insonning ehtiyojlari ham ijtimoiy munosabatlar orqali yaratiladi, bu individning tug'ilganidan boshlanib va to o'limigacha davom etadi. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling