Jamiyatning axborot resurslari, axborot bozori va jamiyatning axborot


Axborot  bozori va jamiyatning axborot potensiali


Download 105.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana02.01.2022
Hajmi105.94 Kb.
#185497
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Samsung Notes

2.Axborot

 bozori va jamiyatning axborot potensiali

Bugungi rahbar va ijrochi o’zining ish o’rnida aniq ishlab chiqarish yoki bozor vaziyatini tahlil qilish

uchun yetarli bo’lgan axborotlarni amalda bir zumda olishi mumkin. Axborot texnologiyalaridagi

katta o’zgarishlar tufayli boshqaruv ishini tashkil qilishdagi bunday islohotlar amalga oshirilmoqda.

Axborotlar oqimlarini rasmiylashtirish, ma’lumotlarni ishlab chiqish usullarini qo’llash, ma’lumotlar

omborini taqdim etish – bularning barchasi hozirgi vaqtda amalga oshirishning butunlay yangi aniq

usullarini o’zida jamlagan.

Bozordagi vaziyat dasturiy – texnik mahsulotlarga to’lov talabining doimiy o’sishi uchun sharoitlar

yaratdi. Har qanday firma, tashkilot hamda bankning birinchi ehtiyoji – ishlab chiqarish xo’jalik

operatsiyalarini qayd etish, hisob ma’lumotlarini ishlab chiqish, hisobot, tizim va marketing

axborotlarini rasmiylashtirish, tartibga solishdan iborat bo’lib qolmoqda, bu esa texnik va dasturiy

vositalarga, murakkab avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarga bo’lgan talabni

kuchaytiradi.

Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari axborot resurslarini shakllan tirish va ulardan

foydalanish jarayonlarini tubdan o’zgartirib yuborib, quyidagilarni ta’minlamoqda:



·    katta hajmdagi axborotlami ixcham holatda saqlash;

·    axborotlarni tezkor izlab topish;

·    uzoq masofada joylashgan resurslarga kirish imkoniyati;

·    bitta axborot tashuvchisida turli axborotlarni saqlash;

·    bibliografik va to’liq matnli ma’lumotlar bazalarini umumlashtirish;

·    faktografik va bibliografik axborotlarni o’zida saqlovchi ma'lumotlar omborining paydo bo’lishi.

Axborotli jarayonlarning sanoat asosiga o’tishi axborot sohasining rivojlanishini jadallashtirmoqda,

dasturiy texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish esa uni biznesning istiqbolli turlaridan biriga

aylantirmoqda. Bularga xorijiy mamlakatlardan kompyuter texnikasi va dasturiy vositalarining

yetkazib berilishi, ichki kompyuter bozorining vujudga kelishiga ko’maklashmoqda.

Avtomatlashtirilgan axborot tizimlar va texnologiyalar samaradorligining mezonlarini

shakllantirishga e’tibor berishda ham sezilarli siljishlar ro’y bermoqda. Agar ma’muriy –

buyruqbozlik tizimlari sharoitlarida asosiy e’tibor axborotlarni mashinada ishlab chiqishning

xarajatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lsa, hozirda eng avvalo qarorlarni tez qabul qilish, tahliliy

ma’lumotlarning haqiqiy jarayonlarga o’xshashligi darajasi, iqtisodiy – matematik usullar va

modellardan aniq moliyaviy ishlab chiqarish vositalar tahlili uchun foydalanish imkoniyati

faollashdi. Masalaning bunday qo’yilishi tadbirkorlik va xo’jalik yuritish amaliyotiga ilmiy tadqiqot

nuqtai nazarlarini kiritadi, yangi ilmiy asoslangan qarorlar, yondashishlar va malakali xodimlarni

talab qiladi.

Bundan tashqari axborot – qolgan barcha resurslardan samarali foydalanish va ularning isrof

qilmaslikka yordam beradigan yagona resurs sanaladi.

Jamiyat rivojlanib borishi va texnologiyalarning murakkablashishi  natijasida, axborot hajmi

shunchalik ko’payib ketdiki, bu larayon boshqaruv sohasida axborotni qayta ishlash zaruriyatini

yuzaga keltirdi. Boshqaruv ierarxiyasining paydo bo’lishi, tovar – pul munosabatlarining yuzaga

kelishi hamda hisoblash mashinalarining yaratilishi boshqaruv uchun katta hajmdagi axborotlarni

qayta ishlashda yuzaga keluvchi qiyinchiliklarni yengish imkonini berdi. Bugungi kunga kelib

boshqaruv ierarxiyasining,  tovar – pul munosabatlarining, hisoblash mashinalarining rivojlanishi

shu darajaga yetdiki, endilikda axborot hajmi va murakkabligi axborot sanoatini yaratishni talab

qilmoqda. Axborotlar miqdori mamlakatda milliy, iqtisodiyot, tarmoq, tashkilotlar rivojlanishini

belgilaydi.

Bundan tashqari axborot strategik resursga aylanmoqda, axborot resurslari esa uning muhim

tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu resursdan foydalanish hajmi yaqin kelajakda davlatlarning

strategik imkoniyatlarini, jumladan, mudofaa qobiliyatini belgilab beradi deyishga asos bor.

Hozirgi paytda axborot hajmining ortishi va uning murakkablik darajasining yuksalishi axborot

industriyasini barpo etishni talab etmoqda. Axborot industriyasimamlakatning rivojlanishini,

tarmoqlar va tashkilotlar yuksalinishini belgilab beradi.

Axborot resurslari tarkibiga quyidagilar kiradi:

·    barcha axborot tashuvchilardagi oldin yaratilgan va joriy vaqtda tanlangan birlamchi hujjatlar;

·    to’liq matnli ma’lumotlar ombori;

·    kutubxonalar, axborot markazlari, arxivlar va boshqa tashkilotlar tomonidan yig’iladigan, chop




etilgan va chop etilmagan birlamchi hujjatlar;

·    yaratilgan bibliografik mahsulotlar;

·    faktografik ma’lumotlar ombori;

·    tahliliy mahsulotlar;

·    axborot bozorida taqdim qilinayotgan xizmatlar;

·    kompyuter tarmoqlari aloqalari;

·    axborot tizimlarini yaratishni ta’minlab beradigan dasturiy va telekommunikatsiya tarmoqlarini

rivojlantirish vositalari;

·    axborot mahsulotlarini yaratuvchi, saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar.

Tashkilotning axborot resurslarini shakllantirish 

manbalari. Har qanday

 tashkilot u yoki bu tashqi

muhitda faoliyat ko’rsatadi hamda ichki muhitni yuzaga keltiradi. Ichki muhit tashkilotning

tuzilmaviy bo’linmalari va u yerda ishlovchi xodimlar orqali ularning texnologik, ijtimoiy, iqtisodiy va

boshqa munosabatlarida shakllanadi. Yuzaga kelish manbaiga bog’liq holda tashkilot doirasidagi

axborot resurslarini tashkil etuvchi ichki va tashqi axborotlar muhitlari mavjud.

Ichki muhit axboroti odatda aniq bo’lib, xo’jalikning moliyaviy holatini to’liq aks ettiradi. Uni tahlil

etish ko’pincha standart formallashgan protseduralar yordamida amalga oshiriladi.

Tashqi muhit – tashkilotdan tashqarida bo’lgan iqtisodiy va siyosiy sub’yektlardir. Bu tashkilotning

mijozlar, vositachilar, raqobatchilar, davlat organlari va hakozo bilan iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik,

siyosiy va boshqa munosabatlarini o’z ichiga oladi.

Tashqi muhitdagi axborotlar ko’pincha taxminiy, noaniq, noto’liq, ziddiyatli, ehtimolli bo'ladi. Bu

holatda ular nostandart qayta ishlash usullarini talab etadi.


Download 105.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling