Jamoa tadbirkorligi Reja: Tadbirkorlik shakllari va ularning xususiyatlari
Download 131 Kb.
|
Biznes rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususiy firmalar SHirkat firmalar
- 1-rasm. O`zbekistonda xususiy mulk shaklidagi korxonalar
- Mas’uliyati cheklanmagan (
- "qo`shimcha mas’uliyatli"
1-rasm. O`zbekistonda xususiy mulk shaklidagi korxonalar Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ) Ma’suliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) Qo`shimcha ma’suliyatli jamiyat (QMJ) Qo`shma korxonalar Xususiy korxonalar Oila tadbirkorligi Fermer xo`jaliklari Dehqon xo`jaliklari SHirkat xo`jalilari (yaylov chorvachiligida) 1.3 Mas’uliyati cheklangan va cheklanmagan (Qo`shimcha mas’uliyatli) jamiyatlar.Mas’uliyati cheklanmagan (Qo`shimcha mas’uliyatli) jamiyat - firmani birgalikda tashkil qilib, birgalikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi shaxslar guruhi bo`lib, ular firmaning barcha majburiyatlari bo`yicha to`liq javobgarlikni cheklanmagan ravishda o`zlarining zimmalariga oladilar. Mas’uliyati cheklanmagan (Qo`shimcha mas’uliyatli) jamiyatlar ikki yoki undan ko`proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. SHeriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o`z hissasini qo`shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qo`ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko`taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi. Fuqarolik kodeksining 63-moddasida qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatga quyidagicha tarif beriladi: Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi ta’sis hujjatlarida belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan jamiyat qo`shimcha mas’uliyatli jamiyat hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha o`z mol-mulklari bilan qo`shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo`lgan, jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo`lib qolganida uning jamiyat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, boshqa ishtirokchilar o`rtasida ularning qo`shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Qo`shimcha mas’uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek "qo`shimcha mas’uliyatli" degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak. SHirkat a’zolari o`rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o`z ichiga oladi: - har bir hamkorning vakolatlari; - bitimning muddati; - har bir vakilning umumiy ishga qo`shgan ulushi; - daromadlar va yuz berishi mumkin bo`lgan zararlarni o`zaro bo`lish yo`l-yo`riqlari; - uyushma mablag`laridan har bir hamkorning olishi mumkin bo`lgan aniq va belgilangan pul hajmi; - uyushmada amalga oshirish zarur bo`ladigan moliyaviy ishlar tartibi; - yangi hamkorni qabul qilish tartibi; - shirkatni tarqatib yuborish tartibi. SHirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar va fuqarolar ham qonun yo`l qo`ygan hollarda a’zo bo`lishi mumkin. Download 131 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling