Jamoat transporti bekatlari Дунёнинг барча мамлакатларида жамоат транспортининг алоҳида


Bekatlarning 91 foizida transportlarning harakatlanish jadvali mavjud emas


Download 301.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana24.04.2023
Hajmi301.56 Kb.
#1394717
1   2
Bog'liq
4-амалий иш

Bekatlarning 91 foizida transportlarning harakatlanish jadvali mavjud emas, 
62,9 foizi esa chiqindi qutilari bilan ta'minlanmagan. 
Jamoat transportidan foydalanishda bekatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo 
respublika miqyosida bekatlarning aksariyati talab darajasida emas. 
Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 850 dan ortiq jamoat 
transporti bekatlarining holati bo‘yicha o‘rganishlar 
o‘tkazdi

Qayd etilishicha, bekatlarning 
91 foizida avtobuslarning yo‘nalish marshrutlari 
sxemasi va jamoat transportining harakatlanish jadvali mavjud emas. 
Tegishli me'yoriy hujjatlarga ko‘ra, avtomobil yo‘llari toifasiga qarab, avtobus 
bekatlarida quyidagi elementlar bo‘lishi kerak: chiqish maydonchasi, tushish 
maydonchasi, kutish joyi, o‘tish chiziqlari, avtobuslar to‘xtashi uchun yo‘lning 
maxsus kengaytirilgan qismi, ajratuvchi chiziq, trotuar va piyodalar yurish 
yo‘lakchalari, piyodalar o‘tish joyi, avtopavilon, o‘rindiqlar, chiqindi uchun qutilar 
va yoritish uskunalari. 
Shuningdek, aksariyat avtobus bekatlari daromad olish shoxobchalariga 
aylantirilgan. Bekatlarning hajmi kichikligi va ularning maydonlarini do‘konlar, 
fast-fud, kafelar egallagani sababli iste'molchilar avtobuslarni asosan quyosh yoki 
yomg‘ir ostida kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda. 
Zamonaviy avtobus bekatlarining yana bir muhim muammolaridan biri – nogironlar 
aravachasi uchun panduslarning mavjud emasligi ekani ma'lum qilingan. 
O‘rganishlarga ko‘ra: 
• 
91 foiz bekatda avtobuslarning yo‘nalish marshrutlari sxemasi mavjud emas; 


• 
62,9 foiz bekat chiqindi qutilari bilan ta'minlanmagan; 
• 
37,2 foiz bekatda kutish zali mavjud emas; 
• 
36,5 foiz bekatda yo‘lovchilar uchun o‘rindiqlar yetarli emas; 
• 
31,6 foiz bekatda yo‘lovchilar o‘rindig‘i umuman yo‘q; 
• 
28,9 foiz bekatda kutish xonalari belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga 
javob bermasligini ko‘rsatgan. 
Tadqiqot davomida dunyoning 60 ta yirik shaharlarining transport tizimlari 
oʻrganildi. Bunda jamoat transportining mavjudligi, bekatlar, stansiyalar, 
shuningdek, shahar elektrichkalari uchun temiryo‘l infratuzilmasi kabi mezonlar 
hisobga olindi. 
Dunyodagi eng yaxshi jamoat transporti tarmog'i Gonkongda bo'lib, 100 dan 77 
foiz ball olgan. Syurix ikkinchi, Stokgolm uchinchi o'rinni egallagan. Reytingda eng 
oxirgi o‘rinlarda Ar-Riyod (57-o‘rin), Nayrobi (59-o‘rin) va Jidda (60-o‘rin) 
joylashgan. 
Top o‘ntalik: 
1. Gonkong 
2. Syurix 
3. Stokgolm 
4. Singapur 
5. Xelsinki 
6. Oslo 
7. Parij 
8. Berlin 
9. London 
10. Tokio 
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, jamoat transporti tarmog‘ining rivojlanish 
darajasi fuqarolarning turmush tarziga jiddiy ta’sir qiladi. Koronavirus pandemiyasi 
shahar transportiga katta tasir koʻrsatgan, chunki koʻpchilik undan foydalanish 
o‘rniga, shaxsiy avtomobil yoki onlayn ishlashni tanlagan. Agar bu yo‘lovchilar 
qaytarilmasa, transport kompaniyalarining daromadi kamayadi, bu esa xodimlar 
qisqarishiga va ko‘rsatilayotgan xizmatlar darajasining pasayishiga olib kelishi 
mumkin. 
Vazifa: 
 


1. Namangan shaharida bekatlar oralig’ida masofa o’lchamlari va 
joylashish omillari. 
2. Shahar atrofida bekatlar oralig’ida vaqt va masofalarni hisoblash. 
 
3. Namangan shahri hududida bekatlarning joylashish sxemasi 

Download 301.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling