Jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun videokuzatuv vositalari, axborotlar va ma’lumotlarni amalga oshirishda katta ahamiyatga EGA


Download 21.54 Kb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi21.54 Kb.
#1633098
1   2   3
Bog'liq
5. KIRISH Eldor

Tadqiqot predmeti. Tadqiqot predmeti videokuzatuv tizimlarida axborot vositalari tahlili, tasvirlarga raqamli ishlov berish va ma’lumotlar oqimida xavfsizlik masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari Ilmiy ishning maqsadi korxona va tashkilotlar uchun videokuzatuv tizimlari axborotlariga raqamli ishlov berish uchun xavfsiz va qulay tizim ishlab chiqish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur:
• Korxona va tashkilotlarda xozirgi vaqtga qadar amalda foydalanilgan videokuzatuv tizimlaridagi xavfsizlik tizimlari va ularni amaliyotda qo‘llashga doir adabiyotlarni o‘rganish;
• Korxona va tashkilotlarning jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun foydalanadigan tizimini yaratish kabi ishlar bajarilishining zamonaviy darajasini tahlil qilish;
• Korxonalarning videokuzatuv tizimlari ma’lumotlariga raqamli ishlov berish orqali xavfsizlikni ta’minlaydigan tizimni loyihalash;
• Tizimni yaratish algoritmlarini ishlab chiqish;
• Yaratilgan dasturiy vositani amaliyotga tadbiq etish.
Ilmiy yangiligi:

  • Jamoat xavfsizligini ta`minlshga qaratilgan axborot tizimlarida axborot xavfsizligi monitoringini o‘tkazish modeli taklif etildi;

  • Jamoat xavfsizligini ta`minlashda videokuzatuv tizimlari axborotlariga raqamli ishlov berish orqali jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini baholash dasturiy vositasi taklif etildi;

  • Yaratilgan dastuiry vosita orqali jamoat joylarida xavfsizlik monitoring tizimini qurish metodi yaratildi.

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Dissertatsiya ishini bajarish jarayonida quyidagi masalalar o‘rganildi:

  • Videokuzatuv nazorat tizimlari axborotlariga raqamli ishlov berish orqali xavfsizlikni ta`minlash jarayonlari monitoringini olib borish usullari;

  • kuzatuv vostilari orqali xavfsizlikni ta’minlash tizimini ishlab chiqishda uchraydigan muammolarni hal qilish.


Download 21.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling