Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
182
– Mana, meni ham tishlarim o‘tkir, ko‘rgin, –
deb o‘rtog‘im og‘zini ochib oppoq tishlarini ko‘r-
satdi, – endi bobomni ursa men ham tishlayman,
mana bunday qilib tishlayman.
Abdurahim o‘rtog‘im menga o‘girilib:
– Endi seni ham qamashadi, – dedi vahimali
qilib.
– Hecham-da, – dedim sal-pal qo‘rqib.
– Ijroqo‘m boboni tishlading-ku.
– Bobomni urmasa tishlamasdim.
– Bobongni qattiq urgani yo‘q.
– Men ham qattiq tishlamadim-ku.
Qattiq tishlagan ekansan, – dedi Abdurahim
battar qo‘rqitib, – ijroqo‘m novvoyxonaga kirib,
shimini tushirib tishlagan joyingga dori surtib oldi,
baribir, seni ham qamashadi endi.
Endi battar qo‘rqa boshladim. Αrtoqlarim bilan
ham gaplashgim kelmay qoldi. Jim ketaverdim...
Qamab qo‘yishsa-ya, qamoqxona qorong‘u bo‘lsa
qo‘rqaman-ku... Bobojonimni, enamni ham qo‘shib
qamashsa mayliydi, birga o‘tiraverardik, hech ham
qo‘rqmasdik. Voy, unda uyimizda kim qoladi,
mollarimizga kim qaraydi... Endi yig‘lagim keldi.
Uyimizga kelguncha o‘rtoqlarimga ko‘rsatmay
jindak yig‘lab oldim... Qamalasan, qamalasan,
qamalasan emish, qamab bo‘pti, qamasa hammasini
tishlab olaman, qo‘llarini, oyoqlarini tishlayman...
Kelsam bobom allaqachon qaytib, sandalda
o‘ralib yotibdi ekan, ustiga chakmon ham yopilgan.
Enam teskari o‘girilib o‘choqqa olov qalayotgan
ekan, bildirmasdan asta sandalga kirib boshimga
ko‘rpa tortib olaman devdim, sezib turgan ekan:
– Keldingmi, qulunim? – deb so‘radi.


Jannati odamlar
183
Enammi, bobojonimmi meni urishishlarini
oldindan sezsam ataylab yig‘lamsirab gapiraman.
O‘shanda hech ham urishishmaydi.
– Keldim, – dedim yig‘lamsirab.
– Voy o‘lmasam, hammayog‘ing loy-ku, – dedi
enam o‘rnidan turib.
– Bo‘lsa bo‘lar.
– Piqillamay gapir.
– Piqillagim kelyapti o‘zi.
– Voy sho‘rim, yangigina to‘nni ham rasvo
qilibsan-ku.
– Rasvo qilaveraman.
– Loyga dumaladingmi?
– Ha, dumaladim.
– Yechin, bo‘lari bo‘pti endi.
– Yechinmayman.
– Shundayligicha ko‘rpaga kirmoqchimisan,
shumtaka.
– Kiraveraman, o‘zingiz shumtakasiz.
– To‘xtab tur, sen men bilan aytishadigan bo‘lib
qopsan, ta‘ziringni bir berib qo‘yay.
Enam engashib endi otashkurakni qo‘lga ola-
man devdi, yo‘q qo‘rqmadim, olgani bilan baribir
urmaydi, buvisinikiga ketib qoladi deb qo‘rqadi.
Shunday bo‘lsa ham bobom uyg‘oq ekan, hoy onasi,
urishma, deb o‘shqirib berdi. O‘zi ular juda g‘alati-
da. Bir kuni enam bobomdan qo‘rqsa, ertasiga bo-
bom enamdan qo‘rqib, xo‘p-xo‘p ayb bizda, tovba
qildik, deb turadi. Hozir enam bobomdan qo‘rqayot-
gan ekan. Shuning uchun otashkurakni olmay o‘zi
kelib meni yechintira boshladi. Oldin beqasam
to‘nimni yechib oldi. Keyin o‘choqning oldiga po‘s-
takka o‘tkazib qunjigacha loy bo‘lib ketgan eti-



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling