Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 206
Jannati odamlar
205 mon chopib yurgan paytlarim yaxshi ekan, deydi bechora o‘g‘lim... Ha-ha Nodirbekka ham qiyin ekan, lekin ilojsiz ish yo‘q, dedi. Endi chol bobolar tortishib qolishdi. Bittasi hukumat idoraga bo‘ri boylab qo‘ygan desa, bittasi bo‘yra solib qo‘ygan, o‘shani ustida o‘tirib majlis qilishadi deydi, yana bitta bobo bo‘lsa, yo‘q, bilmas ekansizlar, byuro deydi, buyruq beradigan joy deydi. Men qaysi biri to‘g‘ri ekan deb qumg‘onga o‘t qalab, teskari o‘girilib o‘tiraverdim. Nodirbek amakim yana bitta zo‘r boshliqqa sim qoqibdi. Yo‘q, o‘rtoq, gapga ko‘ning, yurt g‘alayon ko‘tarsa, tinchitish oson bo‘lmaydi, o‘rtoq Istalinga arz qilishmoqchi, yaxshisi o‘lgan cho‘chqalarning haqini to‘lashsin, e, o‘sha xotin olib xotin qo‘ya- digan Marifxo‘ja ijroqo‘m bilan o‘zim gaplasha- man, degan gaplarni aytibdi. Keyin Matmusa bobom o‘sha boshliqning oldiga boribdi. U yerdagi boshliq qo‘lini ko‘ksiga emas, peshonasiga qo‘yib salomlasharkan. – Eshon jinoyatchi, – debdi ovozini baland qilib. – Jinoyatchi emas, – debdi Matmusa bobom qattiq gapirma, – ajali yetsa odam o‘ladiyu cho‘chqa nega o‘lmas ekan? – Jinoyatchi bo‘lmasa qamoqxonadan nega qochdi? – yana so‘rabdi boshliq. – E, zerikib ketgandirlar-da, – debdi Matmusa bobom. Keyin rosa savdolashibdi. Boshliq 10 ta qo‘y berasan, hammasi semiz bo‘lsin, gazarmadagi askarlarga so‘yib beramiz, debdi. Matmusa bobom Xudoyberdi To‘xtaboyev 206 ko‘rinishingizdan musulmon odamning bolasiga o‘xshaysiz, cho‘chqaning kalamushdek-kalamush- dek bolasiga semiz qo‘ó so‘ragani uyalmaysizmi, debdi. Boshliq, yo shartimizga ko‘nasiz, yo Eshon hazratlarining suyagi qamoqxonada chirib ketadi, debdi. Matmusa bobom anavi ikkita begunoh yigitlarimizning taqdiri nima bo‘ladi, degan ekan, boshliq ularning jinoyati og‘ir, hukumatga qarshi chiqqan, teskari tashviqot yuritgan, jinoyatchi Eshon hazratlarini berkitgan... Lekin kelishsak bo‘ladi, debdi-da, keyin ovozini pastlab, bu og‘ir ishni zimmamga olsam, meni ham quruq qo‘ymay- sizlar, debdi. Matmusa bobom ham ovozini pastlab: – O‘zingizga to‘rtta qo‘y bersak bo‘ladimi? – deb so‘rabdi. – Beshta bersalaring kambag‘al bo‘p qola- sizlarmi? – deb boshliq o‘rnidan turib sekin-sekin kulibdi-da, oxirida yana ham past ovoz bilan: menga pulini bera qolinglar, degan gapni aytibdi. Eshon bobom bilan begunoh qamalgan amakilar qo‘ylar yetib borgan zahoti ozod bo‘lisharkan. Esonqul bobom ko‘zlarini chirt yumib, jimgina o‘tiruvdi. Men uxlab qoldimikan desam, yo‘q, uyg‘oq ekan, ko‘zini xiyol ochib, sal-pal kulimsirab: – Keyin yana muttahamlik qilishmasmikan? – deb so‘radi. Matmusa bobom bilmadim, deganday yelkasini qisib qo‘yuvdi, Ahmadqul bobom sho- shilib: – Podsho muttaham bo‘lgandan keyin... – dediyu uyog‘i esidan chiqib qoldi shekilli, jim bo‘la qoldi. O‘zim bo‘lsam, xayriyat, Eshon bobom ozodlikka chiqar ekanlar, chiqsalar menga î‘qishni î‘rgatadilar, duolar o‘rganaman, keyin katta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling