Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Jannati odamlar
209
chiqib bo‘pman. Nariroqqa borib kigizga o‘tirib
oldim. Endi qo‘yni qanday yig‘sak ekan deb mas-
lahat qilishayotgandi, o‘sha gaplariga ham quloq
solgim kelmay qoldi.
Maslahatlari tugagandan keyin Esonqul bobom,
hoy Ahmadqul, tilovat qilgin, Matmusaning o‘g‘lini
bir duo qilaylik, degandi, darrov xo‘p deb ko‘na
qoldi. Shu bobomning ovozi o‘zi juda zo‘r-da,
enajonim ham uning tilovatini yaxshi ko‘radi. Juma
oqshomlarida ko‘pincha uylariga borib, o‘qitib
kelamiz. Ahmadqul bobomning o‘zi Xudo mendan
bo‘yni olib, o‘rniga ovoz bergan deydi. Haqiqatan
ham ovozi xuddi xumning ichidan chiqayotganday
jaranglab, odamning uyqusini keltiradi. Necha
martalab uxlab ham qolganman. Hozir ham
yoqimli, erkalovchi ovoziga quloq solib uxlay-uxlay
deb turuvdim, tilovati endi yarim bo‘luvdi, Ahmad-
qul bobomning o‘zi kulib o‘rnidan turib ketdi,
turgandan keyin ham xaxolab kulaverdi.
– Jinni bo‘ldingmi, – urishib berdi Esonqul
bobom.
– Jinni bo‘ldim, jinni bo‘ldim, – deb Ahmadqul
bobom battar kuldi.
– Nima bo‘ldi o‘zi?
– So‘ramang, amaki, so‘ramang.
– Esi yo‘g‘e, gapirsang-chi.
– Tavba, hech bunaqasi bo‘lmagan edi, – dedi
Ahmadqul bobom kulishdan sal-pal to‘xtab, –
qayoqdanam shu Marifxo‘janing nomini tilga
oldilaring, bu bolaligida so‘fi bobosining tahorat
suviga qalampir solib qo‘yardi. So‘fi bechora
orqasini changallab ko‘chada yugurib yurardi,
hozir shu esimga tushib ketsa bo‘ladimi...


Xudoyberdi To‘xtaboyev
210
Bobolar ham he-helab kulishib olishdi. Endi
Esonqul bobomning o‘zi tilovat qildi. Bir o‘qiydi,
bir to‘xtab damini rostlab oladi. Men iloyo qo‘ylar
ko‘p yig‘ilsin, iloyo eshon bobom qutulib chiqsinlar,
iloyo meni tizzalariga o‘tqazib, erkalatsinlar, o‘qish-
ni o‘rgatsinlar, iloyo hamma bobolar ham, o‘zim-
ning bobom ham hcch o‘lmasin, deb pichirlab
o‘tirdim. Tilovatdan so‘ng bobojonim:
– Tur, o‘g‘lim, qo‘yni haydashib yuborgin,
– dedi.
Bormayman, – dedim arazlaganimni bildirish
uchun.
– Qo‘y endi, yarasha qolaylik.
– Endi siz bilan hecham yarashmayman, –
shunday dedimu, baribir qo‘y haydab borayotgan
bobolar orqasidan ergashib boraverdim. Esonqul
bobomnikidan, Ahmadqul bobomnikidan, Qambarali
bobonikidan, qo‘ylarni dumbasidan itarib, ma’ratib
olib chiqishayotganda ham orqalaridan ergashib
boraverdim. Ertalab to‘rtta bobo to‘rtta eshakka
minib, bitta amakini yordamga olib, hamma
qo‘yni haydab ketishayotgandayam mozor boshi-
gacha orqalaridan ergashib boraverdim.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling