Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xudoyberdi To‘xtaboyev 200
Jannati odamlar
199 aytmayman, cho‘yan soqqa bersa ham, yaltiroq tugma bersa ham aytmayman, Eshon bobomni hech kimga aytmadim-ku dedim. Enam gapimga ishonib chiqib ketdi. Uyda o‘tirgim kelmay o‘zim ham o‘ynagani jo‘nadim. Tag‘in Hayitvoy o‘rtog‘inikiga kirarkan deb o‘ylamang, yo‘q, endi ularnikiga hech ham kirmayman. Qachon ko‘rishsak, o‘la endi ijroqo‘mni tishlaganing uchun seni ham qamashadi deb qo‘rqitadi. Kirsam-ku mazza qilardim-a, hozir ayvonlarida rosa o‘ynashayotgandir. Chikildak, zuvilloq, uzoqqa sakrash, balandga sakrash, yong‘oq tepish... biz hammasini bilamiz, yongoq o‘ynashning yetti xili bor. Mana, qo‘l bilan otib tekkizasiz – bir, ikkitadan otib tekkizasiz – ikki, oyoqning uchi bilan tepib tekkizasiz – uch, doiraning ichiga g‘uppa tikib mo‘ljalga olasiz – to‘rt... Ey, juda ham xili êî‘p. Men oldin ko‘p yutqazardim-da, keyin ko‘zim- ning bittasini qisib turib mo‘ljalga olishni o‘rganib oldim, endi hammasini yutaman. Hozir uyimizda ikki xalta yong‘og‘im bor. Undan keyin chikildak o‘yinimiz ham qiziq, yo‘q, to‘xtang, uni ham aytay, rostdan ham juda qiziq. Mana, oldin bir quloch keladigan kaltak kesasiz, keyin bir qarich keladi- ganidan kesasiz, keyin kaltasini yerga qo‘yib uzunining uchi bilan yerdan ko‘tarib osmonga ota- siz-da, pasayib kelayotganida bir urasiz, uchib ketib uzoqqa borib tushadi, endi bildingizmi! Keyin sherigingiz kaltakcha borib tushgan joygacha nafas olmay zuvillab boradi. Nafasi yetmasa qaytadan yuguradi, yana yuguradi, eh juda mazza bo‘ladi. Hayitvoy o‘rtog‘imnikiga kirmadim. Murodxonlarnikiga qarab yurdim. Shu o‘rtog‘im juda yaxshi-da. Meni sizlab gapiradi, men ham Xudoyberdi To‘xtaboyev 200 sizlayman. Keyin-chi, otalarini dada deb chaqiri- shadi. Borib eshiklari qiya turgan ekan, asta mo‘ralab qarasam o‘rtog‘im ko‘rinmaydiyu dadasi hovlida katta bolta bilan î‘tin yorayotgan ekan. Aytuvdim-ku, dadasi meni yomon ko‘radi deb. O‘shanda ayb rostdan ham mendan o‘tuvdi. Uylarida o‘ynab o‘tiruvdik, o‘rtog‘im molxonada qo‘rg‘oshin bor, o‘shandan eritib oshiqning ichiga quysak og‘ir bo‘ladi, hammaning oshig‘ini yutib olamiz, dedi. Kirsak, molxonalarining shiptiga o‘ntacha bedana osib qo‘yishgan ekan, hammasi bizni qo‘yib yuboringlar, onalarimizning oldiga boraylik, degandek yig‘lamsirab, to‘rni cho‘qib pitirlashayot- gan ekan. Enam qushga ozor bergan, uni qafasga solgan odam do‘zaxi bo‘ladi, olovda kuyadi derdi, ertak ham aytib beruvdi. Qushlarni yaxshi ko‘rgani, ozor bermagani uchun o‘sha odam jannatga tushgan ekan. Murodxonga shuni aytib, jon o‘rtoq, beda- nalarni qo‘yib yuboraylik, onalarining oldiga borishsin, bizni duo qilishadi, keyin ikkovimiz ham jannati bo‘lamiz, o‘sha yerda qo‘rg‘oshin quyilgan oshiqlar ham ko‘p bo‘larkan, birga o‘ynab yuramiz degandim, darrov rozi bo‘lib, uylaridan katta qaychi olib chiqdi. Keyin o‘rtog‘im engashib turdi, men yelkasiga chiqib to‘rni qiyt-qiyt qilib kesib, bechora bedanani olib hovuchimda ham ushlab ko‘rdim, iliqqina ekan, yuragi ham gup-gup qilib urib turibdi. Qo‘yib yuborgan edim, shunaqa xursand bo‘ldiki, shunaqa xursand bo‘ldiki, pir etib borib ostonaga qo‘ndi-da, o‘sha yerda turib rahmat sizlarga, hozir borib onamga aytaman, sizlar endi jannati bo‘lasizlar deyayotgandek, sap-sariq |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling