Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 193
Xudoyberdi To‘xtaboyev
192 yeyishibdi. Keyin uyqusiray boshlashibdi. Boshlari aylanib ketaveribdi, ko‘zlari ham yumilaveribdi. Uch kundan buyon jang ichidamiz, ot ustidamiz, uxlaganimiz yo‘q, ha mayli, uxlasak, uxlaylik deyi- shib, to‘nlarini taglariga solib, egarlarga boshlarini qo‘yib uyquga ketishibdi. Qorovulga chiqqan yigit oshni hammadan ko‘p yegan ekan, hammadan qattiqroq uxlabdi. O‘zini uxlaganga solib yotgan sotqin sakrab turib uchqur bir otni minib jazo otryadining boshlig‘iga – Marifxo‘ja komandirning huzuriga qarab qushdek uchib boribdi. O‘rtoq komandir aka, topshirig‘ingizni a’lo bajardim, endi mukofotning kattasini berasiz debdi. Marifxo‘ja amaki askarlarini boshlab, qilichlarini yalang‘och- lab, miltiqlarini o‘qlab yetib kelibdi. Qarashsa rostdan ham qo‘rboshi amakilar taxtadek qotib uxlab yotgan ekan. – Bas qil, o‘g‘lim, – dedi bobom, o‘rnidan turib, – men endi buyog‘iga chidolmayman, yaramni tirnab yubording, G'ulomboyning o‘gli. Bobom oyog‘i og‘rib turgan bo‘lsa ham cho‘loqlanib hovliga chiqib ketdi. Og‘ilxonaga kirdi shekilli, qaytmadi. Mening ham endi eshitgim kelmay qoldi. Uxlab yotgan amakilarni qilich bilan chopib tashlashsa-ya deb qo‘rqa boshladim. O‘tirganlar bo‘lsa ayting, keyin nima bo‘pti deyishaverdi... keyin... juda yomon bo‘pti. Hammasini otib tashlab, bitta Islompolvon amakini otga o‘ngarib olib ketishibdi. Qo‘rg‘onchamizdagi ancha odamlarniyam qo‘rboshiga nega joy berding deb qamab qo‘yishibdi. Men endi butunlay qo‘rqib ketdim. Ijroqo‘m bobo bizni ham nasha berib ushlab olsa-ya deb qo‘rqdim. Jannati odamlar 193 Mehmonlar chiqib ketgandan keyin ham qo‘rqa- verdim. Bobomdan ko‘ngil so‘ragani Zahro xolam bilan Boqqol pochchamlar kelishuvdi, ularning ham gaplariga quloq solgim kelmadi. Xolam, erkalab, xayriyat, otamning himoyachisi bor ekan, ijroqo‘m- ning tizzasidan tishlab olmaganida otamni yana urardi, kel azamatim, peshonangdan bir o‘pay de- gandi, ishingizni qiling, deb jerkib berdim. Keyin Ahmadqul bobom chiqdi. Bu Marifxo‘ja deganlari dahshat xo‘ja bo‘ladi, bundan ehtiyot bo‘laylik, dedi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling