Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 187
Xudoyberdi To‘xtaboyev
186 onasi, ularga ham tikilib turgan balo bordir, Xudo xohlasa hammasi jazosini oladi, deb yupata boshladi. – Tur endi, – dedi oxiri, – dorilaringni olib kel, oyoq qurg‘ur qattiq og‘riyapti. Enam boshini ko‘tarib sirg‘alib tushib ketgan ro‘molini qaytadan o‘rab: – Yana shamollatib olgan bo‘lmang? – deb so‘radi. – Zax yerda yarim kun ushlab turishdiyu shamollamay bo‘ladimi. Molxonamizdagi tovoqehada bo‘rsiqning yogi qo‘shilgan qop-qora, yopishqoq dori bor edi-ku, anavu kuni adashgan sigirga ham surtuvdik-ku, o‘sha dorini olib chiqib bobomning qamchidan zaxa bo‘lgan joylariga, yo‘q-yo‘q, hidini yomon ko‘ra- man, ko‘nglim ayniydi, deyishimga qaramay, mening ham tovonimga, tizzamning ko‘ziga surtib qo‘yishdi. Bobomdan ko‘ngil so‘ragani qo‘shnilarimiz chiqa boshlashdi. Amakilar, opalar, bolalar ham chiqishdi. Hamma chiqaverdi, tanchamizning atrofi to‘lib ketdi. Buvimning qiz o‘rtogl Muhtaram xolam, patirni chiroyli yopadigan Bibiqiz ammalar bor deb aytuvdim-ku, o‘shalar ham chiqishgan. Bu gal qatlama ham, yog‘li patir ham olib chiqmabdi, shunday o‘zlari chiqaverishibdi. Boshqa ammalar ham hech narsa olib chiqmay, faqat ijroqo‘m amakini qarg‘agani chiqishibdi. O‘sha amaki juda ham yomon ekan. Bugun bo‘lmasa, ertaga albatta Xudoning g‘azabiga uchrarkan. Qo‘rboshilar zamonida ham qo‘rg‘onchamizdagi amakilarni rosa qiyratgan ekan. O‘shanda ijroqo‘m emas, komandir ekan. Boshida chuchvara nusxa shapkasi, egnida Jannati odamlar 187 ityoqa chakmoni, yonida qilichi, yana bitta yonida to‘pponchasi ham bo‘lgan ekan. Askarlariyam o‘ziga o‘xshagan ekan. Qo‘rg‘onchamizga ot choptirib keli- sharkan-da, mamashka-mamashka, papashka- papashka qo‘rboshi ko‘rding, deb so‘rarkan. Bil- mayman deyishsa, bilasan, deyishar ekan. Yana bilmayman deyishsa o‘n qamchi urilsin deyishar ekan. Bitta boboni ko‘p urishganda boshi yorilib, qon ko‘p oqib, kechasi o‘lib ham qolgan ekan. Enalar bilan bobolar hech narsa aytishmasa menga o‘xshagan bolalarni, Sanambuviga o‘xshagan qiz- larni Bo‘rhovuzning yoniga to‘plab baranchik- baranchik, kizimka-kizimka, qo‘rboshi qani deb so‘rarkan. Bolalar bilmaymiz deyishsa hammasini yalangoyoq qilib suvga tushirisharkan-da: – Qo‘rboshi qani? – deb yana so‘rasharkan. Bolalar yig‘larkan, qizlar yig‘larkan: «Otajon, oyog‘im sovqotdi, buvijonim, qo‘rqib ketyapman, anavi amakilarni haydab yuboring», deb yig‘la- sharkan. Keyin bu yig‘iga cholbuvalar ham, enalar ham qo‘shilarkan, qo‘rg‘onchamizdagi hamma odamlar yig‘lar ekan. Ot ustida qilichini o‘ynatib turgan Marifxo‘ja amaki, yig‘lama, yig‘ing bilan meni qo‘rqitolmaysan, desa, bitta ena, hoy Marif- xo‘ja, seni qo‘rqitish uchun yig‘layotganim yo‘q, sendek zolimni qaysi ona tug‘di ekan, o‘sha onaga achinib yig‘layapman degan ekan... Keyin ham- maning dodlaganiga bog‘larda miltig‘ini qo‘ltiqlab berkinib yotgan qo‘rboshi amakilar chiday olmay, ey nomardlar, bolada nima ayb, ey nomardlar, kampirlarda nima ayb, deyishib, devorlarning orqasidan, ariqlarning ichidan panalab kelib qizil shapkalilarni rosa paqillatib otishar ekan. Urushlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling