Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
178
Bilmayman, azamatim, ishqilib qabristonga
ko‘mgan ekanlar-da...
– Ko‘mayotganda Qur’on ham o‘qibdilarmi?
– Albatta o‘qiydilar-da... Keyin ustilaridan
chaquv tushibdi, voy o‘g‘lim, qishloqni qizil shap-
kalilar biram bosdiki, biram bosdiki, Ollohning,
aziz-avliyolarning nomlari yozilgan kitoblarni
axtarib hamma uylarni tintuv qildilar, molxona-
larni, omborxonalarni ag‘dar-to‘ntar qilib tash-
ladilar.
– Odamlar indamadimi?
– Gapirishdi, yig‘lashdi.
– Keyinchi?
– Sabr qil, toylog‘im, aytaman, hammasini
aytaman...
Keyin Eshon hazratlarini mahkam ushlabdilar.
Anhordan kitob ushlaganmisiz, deb so‘rabdilar
– Ushlaganman, – debdilar hazratim.
– Keyin nima qilgansiz?
– Tomga chiqarib quritganman, – debdilar
hazratim.
– Keyin nima qilgansiz?
– Qoplarga joylaganman.
– Keyinchi?
– Uyog‘ini aytmayman.
– Aytasiz!
Xudo bitta, so‘zim bitta, – debdilar hazratim.
Qizil shapkalilar hazratimning qo‘lini orqasiga
bog‘lab, qabristonga sudrabdilar, qayerga ko‘mga-
ningni aytasan debdilar.
Keyin hamma odamlarni masjidning oldiga to‘p-
ladilar.
– Siz ham o‘sha yerga bordingizmi?


Jannati odamlar
179
– Yo‘q, azamatim, men bormadim, bobojoning
borgan edi, bobosi, yaxshisi u yog‘ini o‘zingiz ay-
ting, axir hammasini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rgansiz-
ku. Bobojonim inqillashdan to‘xtab jimgina yotgan
edi, yana voy oyog‘im, deb uh tortib oldi. Onasi,
o‘zing so‘zlayber, xuddi ko‘rgandek qilib aytayap-
san, haligi gaping ma'qul, Rahmonjon katta bo‘lsa
o‘rtoqlariga so‘zlab bersin, dedi-da, boshini ko‘tarib
nos chekib oldi. Har gal nos chekkanda aytadigan:
Kimki chekar nosni,
Uchratar Xizir Ilyosni.
Aslo yoningga yo‘latma,
Kim chekmasa bu nosni.
degan ashulasini bu gal aytmadi.
– Onasi sen o‘zing gapga chechansan, otinbibi-
lardan ham zo‘rsan, deb qo‘ydi.
Enajonim meni uzoq kuttirmay yana hikoyasini
boshladi: – Ha, azamatim, boshimizdan ne-ne og‘ir
kunlar o‘tmadi... Odamlarni masjidning oldiga
yig‘ib, o‘rtaga gulxan yoqibdilar, xonadonlardan
yig‘ilgan aziz avliyolar qo‘li bilan bitilgan bir
kitobni hazratimga berib:
– Olovga tashlang!.. – debdilar.
– Tashlamayman, ey kofir, – debdilar hazratim.
– Yoqasan! – degan buyruq bo‘libdi.
– Xudo bitta, so‘zim bitta, – degan javob
qaytibdi.
Xo‘b zo‘rlabdilar, Hazratim ko‘nmabdilar,
avliyolar kitobini qizil shapkalilarning o‘zlari yoqa
boshlabdilar. Hazratim qarshilik ko‘rsatmoqchi
bo‘lganda ho‘ nariga sudrab borib qo‘llarini orqasiga
qayirib, mahkam ushlab turibdilar. Hazratimning



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling