Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 177
Xudoyberdi To‘xtaboyev
176 ESHON BOBOMNING O‘N QOP KITOBI O‘ sha kuni Eshonboboga nega cho‘chqa boqtirganlarini bilib olish uchun enajonim buyurgan hamma ishlarni bajaraverdim, bajaraverdim, hecham yo‘q demadim. Qo‘ylarimizning oxuriga g‘azon soldim,o‘choqning kulini oldim, bobojo- nimning oyoqlarini uqalab qo‘ydim, oxiri: – Ayting endi, – dedim. – Yaxshisi bobong aytsa bo‘lardi, – dedi enam. – Yo‘q, siz aytasiz, bobom aytayotganda nos chekib olay deb, hammasini aytmaydi. – O‘g‘ilginam-ey, senda hamma narsani bilishga havas baland, Xudo xohlasa, sen katta olim bo‘lasan, o‘shanda hozir aytganlarimni kitob qilib yozasan, xo‘pmi? – Men xat yozishni bilmayman-ku? – Ungacha o‘rganib olasan-da. – Xo‘p, ayting tezroq... – Ha o‘g‘lim, Eshon bobong bamisoli avliyoday bir kishi... – Enajon, avliyo degani kim degani? – Avliyo degani odamlarga mehr-shafqatli, yaxshilik qiluvchi, Ollohni esga solib, namozlik o‘rgatuvchi degani... Oldin Qo‘qonda o‘qidilar, keyin avliyolar makoni bo‘lgan Buxoroi sharif degan ulug‘ shaharda o‘qidilar, qaytib kelib Qo‘qonda maktabdorlik qildilar. – Maktabdami? – Yo‘q, madrasada. Xotinlari vafot qilgandan keyin shaharda turgilari kelmay, yana o‘zimiz- ning qishlog‘imizga qaytib keldilar... Jannati odamlar 177 Dasht tomonda otalaridan qolgan katta bog‘ bor edi, o‘shaning yarmini sotib machit qurdilar, maktab ochdilar. Rahmatli otang To‘xtavoy bilan otishmada o‘lgan tog‘alaringni, butun qishloqdagi bolalarni o‘qitdilar. – Enajon, o‘sha maktadga nega meni ham olib bormadilar? – Arslonim, unda sen tug‘ilmagan eding-da. – O‘zingiz aytuvdingiz-ku, odam tug‘ilmasdan oldin uning arvohi uchib yuradi, deb, ushlab darrov olib bormabsiz-da? – Voy shirinim-ey; buncha gapdon bo‘lma- sang?.. Keyin o‘rislar keldi, urushlar bo‘ldi, kolxoz zamon bo‘ldi, qizil shapka kiyganlar har xil savollar berib Eshon hazratlarini qiynab yubor- dilar, qochib ketdilar. Mirzacho‘l degan pana joy- ga qochib ketdilar. Keyin Esonqul bobong, Qambarali bobong, o‘zingning bobojoning ham- malari borib, yolvorib-yolvorib qaytarib olib keldilar... Keyin, ko‘rgansan, hazratimning bog‘la- ridan katta anhor o‘tadi, ko‘rgansan-a? Barakalla, azamatim. O‘sha anhordan kitoblar oqib kela- veribdi, kelaveribdi. – Voy, enajon, kitob nega oqib keladi? – Istalin bobo Xudoning nomi yozilgan kitob- larni o‘tga yoqinglar, yerga ko‘minglar, suvga oqizinglar, kimdakim farmonimni bajarmasa î‘n yilga qamayman, qamoqxonada chiritaman, debdi. Eshon hazratlari suvda oqib kelgan kitoblarni yig‘ib, tomga olib chiqib quritarkanlar, qoplar to‘lganda qorong‘i kechada, hamma uxlaganda qabristonga eltib kî‘mar ekanlar. – Mening otam ko‘milgan qabristongami? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling