Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
172
yuborishdi, haligi shamol kelgandaboshoqli bug‘-
doylar uyoq-buyoqqa tebranadi-ku, o‘shanaqa bo‘lib
chayqalib ketishdi. Orqada yig‘lab yubordim,
ovozimni chiqarmasdan yig‘ladim. Bitta amaki,
men uni taniyman, Dadaxon o‘rtog‘imning otasi,
u, shoshilib kelib ijroqo‘mning qo‘lidagi qamchini
tortib olib, oq otli amakiga qarab, hurmatli boshliq,
eshon hazratlari 20 ta cho‘chqani o‘ldirgan bo‘lsa
mayli, biz tovon to‘laylik, 20 ta qo‘y beraylik,
devdi, otliq amaki bu yigit ham jinoyatchiga sherik
ekan, ushlanglar, deb buyruq berdi...
Ijroqo‘m Ahmadqul bobomning oldiga kelib
qalin qoshlarini kerib:
– Xo‘sh, – dedi.
– Nega xo‘sh deysan, men ho‘kiz emasman-
ku! – dedi Ahmadqul bobom.
– Ho‘kizdan ham battarsan.
– Ikkovimiz bir qo‘sh bo‘larkanmiz-da. Ha-ha...
Bahorga chiqib yer haydarkanmiz-da, ha-ha.
– Tilingni tiy, pakana!
– Pakana dema meni, men sendan novchaman,
kel bo‘yimizni o‘lchashib ko‘ramiz.
– Eshon qayerda?
– Xudoning uyida.
– Sen berkitgansan uni!
– Yo‘q, hazratimni yaratganning o‘zi berkitgan.
– Hazillashsam qutulaman deb o‘ylayapsanmi?
– Marifxo‘ja, o‘zing hazilkashsan-ku, – dedi
baland ovoz bilan Ahmadqul bobom, – so‘fi
bobong tahorat qilmoqchi bo‘lganda tahorat
suviga o‘zing qalampir solib qo‘yarding-ku,
bobong bechora kechgacha orqasini changgallab
yugurib yurardi-ku.


Jannati odamlar
173
– Bas! – ijroqo‘m shunday qattiq yer tepindiki,
atrofga shunaqangi ko‘p loy sachradiki, o‘sha
loylardan bir qismi Hayitvoy ikkovimizning pesho-
namizga ham kelib tushdi. Ahmadqul bobom
orqasiga tisarila boshlovdi, ijroqo‘m uni qisib kela
boshladi.
– Gapir, Eshon qayerda? – so‘radi yana.
– Bilmayman.
– Bilmaysanmi, mana senga! – ijroqo‘m
qo‘lidagi qamchisi bilan bir tushirmoqchi bo‘luvdi,
Ahmadqul bobom zið etib Matmusa bobomning
orqasiga o‘tdi-da, o‘ng qoltig‘idan boshini chiqarib
ur, ura qol, ha qo‘rqasanmi, Matmusaning o‘g‘li
tumanda boshliq-da, ursang enangni ko‘rsatib
qo‘yadi, devdi, ijroqo‘m bobo enasini sog‘inmagan
ekan, urmadi. Qamchini boshi barobar ko‘targancha
orqasiga tisarilib, endi mening bobomning oldida
to‘xtadi:
– O‘zlari ham shu yerda ekanlar-da?
– Ha, shu yerdamiz, – dedi bobojonim.
– Zolimlar zamonida yurtga ellikboshi bo‘lgan-
dingiz-a?
– Ha, Marifxo‘ja, otang bilan bobong sayla-
gandi.
– O‘g‘illaringiz odil hukumatga qarshi miltiq
ko‘tarib chiqqan edi.
– Yurt himoyasiga chiqqan edi, ularni sen
ottirgansan.
– Kuyovingiz quloq bo‘lgan edi shekilli?
– Ha, Marifxo‘ja, uni sen quloq qildirgansan.
– Sen chol, hukumatning ashaddiy dushmani
bo‘lasan. Eshonni ham sen berkitgansan. Soqolingni
yulib olaman hozir. – Ijroqo‘m soqolidan ushlab



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling