Janat Odamlar n65. p65


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/140
Sana22.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1041028
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140
Bog'liq
Janat Odamlar n65

Xudoyberdi To‘xtaboyev
164
qishlog‘imizda juda ko‘p. Yo‘q-yo‘q, qop-qora
mo‘ylovi buralib-buralib qulog‘ining orqasiga o‘tib
ketganidan tanidim.
– Sizlar qachon keldilaring? – deb so‘radim
Hayitvoydan.
– Allaqachon kelganmiz, – maqtandi o‘rtog‘im.
– Sayil bo‘larmikan?
– Yo‘q, Eshon bobo qochib ketibdi, o‘shani
ushlagani kelishibdi, kim aytsa mukofot olarkan.
– Voy, – dedim qo‘rqib, – Eshon bobo biznikiga
borgani yo‘q-ku.
– Biznikiga ham borgani yo‘q, – deb shivirladi
Hayitvoy o‘rtog‘im.
Melisa amakilar, ijroqo‘m bobo xuddi menga
tikilib qarashayotgandek bo‘laverdi. Qaltiray bosh-
ladim, yo‘q, sovqotgandanmas, qo‘rqqanimdan qalti-
ray boshladim. Shoshilib bobojonimning orqasiga
o‘tib, chakmoniga betimni o‘rab, mo‘ralab turdim.
Men Eshon bobomning arvohini ko‘ruvdim. Shuni
sezib qolishgan bo‘lsa-ya, deb qo‘rqa boshladim.
– Gap shul – dedi oq ot ustida turgan melisa
amaki qo‘lidagi qamchisini o‘ynatib, – zararku-
nanda Eshon davlatning zotdor cho‘chqalarini
o‘ldirib, hukumatga zarar yetkazgan. Cho‘chqa o‘z
bolasini yeb qo‘ydi deb bahona qilgan, yolg‘on!
Zararni to‘lash o‘rniga melisaxonani teshib qochib
ketgan. Hukumatning qo‘li uzun, qayerda bo‘lsa
ham albatta ushlaydi... Ma’lumotimizga ko‘ra,
Eshon bir necha kundan buyon Qo‘rg‘onchadagi
o‘ziga o‘xshagan jinoyatchilarning uyida berkinib
adolatli hukumatimizga qarshi teskari tashviqot
olib bormoqda. Uning qayerdaligini aytasiz,
aytmasangiz hammangiz qamalasiz.


Jannati odamlar
165
Ijroqo‘m bobo bitta amakining oldiga kelib:
– Ayt! – dedi.
– Bilmayman, – dedi amaki orqasiga tisarilib.
– Bilasan!
Tepamda Xudo bor, bilmayman.
– Hozir aytasan, bo‘lmasa savalayman.
– Savalasangiz, savalayvering, zamon zo‘rniki
hozir.
Ijroqo‘m bobo amakining yelkasiga qamchi bilan
yengilgina urib, endi Ahmadqul bobomning katta
o‘g‘li yonida to‘xtadi:
– Xo‘sh, sen ham bilmassan?
– Xudo xohlasa bilmayman, – javob qaytardi
Abbosxon amakim.
– Uyingda yotib yurgan ekan-ku?
– Xudo xohlasa yotgani yo‘q.
– Xudoni o‘rtaga solma!
– Xudodan boshqa himoyachimiz yo‘q, ijroqo‘m.
– Mana senga bo‘lmasa, mana, it emgan! Ijro-
qo‘m bobo Abbosxon amakini endi ikki qamchi
urdi, xayriyat, qattiq urmadi, bo‘lmasa, rosa
og‘rigan bo‘lardi-da.
Agar meni urganda, agar men ham Abbosxon
amakidek katta yigit bo‘lganimda qo‘lidan qam-
chisini tortib olib o‘ziniyam rosa savalagan bo‘lar-
dim. Yo‘q, rost aytyapman, meni hech kim urol-
maydi, ursa qo‘lini ham, betini ham tishlab olave-
raman. Oq ot minib turgan melisa amaki endi yana
gapira boshladi. Agar kimda-kim qochoq Eshon
boboning qayerdaligini aytsa bir yillik soliqdan
ozod qilinar ekan, Stalin boboning katta surati
sovg‘aga berilar ekan. Odamlar boshini solintirib
jim turaverdi, bobom ikkimiz ham jim turaverdik.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling