Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 159
Xudoyberdi To‘xtaboyev
158 silkitib, menga rahm qil, qo‘yib yubor, degandek xir-xir qilarmish, anchadan keyin bo‘rining oyoqlari shalvirab tushib, boshi bir tomonga qiyshayib qolibdi. Allaqachon o‘lib bo‘lgan ekan. Amakim endi xaloskorim bo‘lgan To‘rtko‘zni ajratib olay desa, boshini ko‘tarmabdi, bo‘ri bilan olishuv chog‘ida chatanog‘idan tortib qornigacha yorib tashlagan ekan, ichak-chovoqlari bo‘rining ustiga to‘kilib yotgan emish. Osmonga qarab ojizgina ulibdiyu jon taslim qilibdi... Ahmadqul bobom mening yonimda chordona qurib o‘tirgan edi. Amakim hikoyasini tugatishi bilan o‘zining tizza- siga o‘z shapalog‘i bilan urib o‘rnidan turdi-da: – Mening ana shunaqa arslonim bor edi! – dedi yig‘lamsirab. – E, kap-katta odam yig‘lamsiramay gapir! – urishib berdi Qambarali bobom. – O‘zing-chi, î‘zing eshaging o‘lganda uch kun yig‘lovding-ku! – deb Ahmadqul bobom yana bo‘sh kelmadi. – Men eshagim o‘lganiga emas, – shoshmasdan tushuntirdi Qambarali bobom, – eshagim homila- dor edi, qornida olti oylik bolasi bor edi, o‘sha bolasiga yig‘laganman. – Baribir arslonimga aza ochaman, xudoyi oshi beraman, – deb Ahmadqul bobom yer tepindi, kigizdan chang ko‘tarildi, – fotihaga kelmaganlar bilan u dunyoyi-bu dunyo gaplashmayman... Xayriyat tashqariga chiqib ketmaganim, bu yerda bahslashuv juda kuchayib ketdi. O‘rtoqlarim- ga aytib beraman deb hammasini eshitib o‘tirdim. It har qancha vafodor bo‘lsa ham, baribir uni musulmonlarning qabriga ko‘mib bo‘lmas ekan. Jannati odamlar 159 Agar Xudo unga jannatdan joy buyursa, qayerga ko‘milsa ham o‘sha yerdan chiqarib olaberar ekan. Agar Ahmadqul bobom xohlasa mayli, aza ocha bersin ekan, lekin tilovat qilib, fotiha o‘qish mum- kin emas ekan, agar itimni yuvib-tarab ko‘maman desa, mayli, poklovchini aytdirib kelib, oq yuvib- oq tarab, oppoq kafanga o‘rab ko‘mabersin ekan. Bu gaplarning hammasini mening bobojonim aytdi. U hammadan aqlli-da, shuning uchun jim o‘ti- rishdi. – Baribir, besh yuz kishiga xudoyi osh beraman! Shunday qilib Ahmadqul bobom tashqariga chiqib ketdi. Do‘xtir amaki Abbosxon amakimning bo‘ri tishlagan qo‘lidagi yarani ochib, men hidini yomon ko‘radigan dorilardan surib, qayta bog‘lay boshladi. Eshitganlarimni o‘rtoqlarimga aytib maqtanaman deb, hovliga chiqqan edim, qassob amaki bo‘rining terisini shilib ayvonga osib qo‘ygan ekan, o‘rtoqlarim o‘shanga tikilib, gapimga quloq solishmadi. Quloq solishmasa solishmasin, keyin yolvorishsa ham aytmayman. Og‘ilxona tomonda bir ko‘zi ko‘r qassob amaki qo‘y so‘yayotgan ekan, o‘sha yoqqa o‘tdim-u, ko‘nglim aynab darrov orqamga qaytdim. – Poklovchi keldi! – deb o‘rtoqlarim chuvillab qolishdi. Men uni darrov tanidim. Uyi machitning yonida, hamma o‘liklarni o‘sha yuvadi, avval yuva- di, keyin xushbo‘y dorilar sepadi, keyin gullar, rayhonlarning bargidan ko‘ksiga qo‘yib, iloyo jo‘ying jannatda bo‘lsin, deb, oppoq kafanga o‘raydi. O‘zim ko‘rganim yo‘q, enajonim shunday degan. To‘rtko‘zni zambilga solib molxonaga olib kirib, ostiga poxol to‘shayotgan ekan, men uning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling