Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 175
Xudoyberdi To‘xtaboyev
174 î‘ziga tortmoqchi bo‘luvdi, bobojonim uning ko‘kragidan itarib yubordi. Yiqilmadiyu, qo‘lidagi qamchisi bilan bobojonimni savalay ketdi, boshiga, yelkalariga ura boshladi. Dodlab yubordim. Urma, urma, mening bobom bo‘ladi, deya baqirdim. Baqirganimcha borib oyog‘ini quchoqlab, sonidan shunday qattiq tishladimki, shunday qattiq tishladimki, joni og‘ridi shekilli, tepib yubordi. Loyga orqam bilan shaloplab tushdim. Turib endi bu oyog‘iga yopishib, uniyam shunaqa qattiq tishladimki, qo‘lidagi qamchisi yerga tushib ketdi. Ikki qo‘llab biqinimdan mahkam siqib tepaga ko‘targan edi, yuziga barobar bo‘lib qolgan ekanman, ikkovi qulog‘idan mahkam changallab oldim, endi burnidan ham tishlayman deb turuv- dim, bobojonim meni uning qo‘lidan tortib olib: – Urma, zolim, – deb baqirdi, – ursang meni ur, bolani nega urasan, zolim! O‘g‘illarimni otib o‘ldirganing kammidi... Hoy, odamlar, nega qarab turasanlar, cholni uryapti, bolani uryapti bu zolim, nega nasha yeb qo‘ygan moldek angrayib turasanlar. Bobojonim meni yerga qo‘yib, ko‘kragini keng olib ijroqo‘m boboga yaqinlashib yura boshladi. – Qo‘ling qichigan bo‘lsa mana meni ur, to‘yguning- cha ur, qonxo‘r! Oq otli amaki sal oldinga yurib kelib ijroqo‘mga, bas qiling, odamni sharmanda qildingiz-ku, devdi, ijroqo‘m bular bilan yo miltiq, yo qilich bilan gaplashish kerak, dedi. Shu payt dala tomondan bitta melisa amaki ot choptirib kelib qoldi, qochoqni ushladik, olib kelishyapti, dedi. – Gapir tezroq, gapir! – buyurdi oq otli amaki. Jannati odamlar 175 Hamma uylarni, hamma molxonalarni, hamma bog‘larni tintishibdi-da, keyin soy bo‘yiga qarab yurishibdi. G‘ulom boboning devori tagida, qorning ustida odamning izini êî‘rib qolishibdi, iz yangigina ekan, devordan oshib o‘tishsa, o‘sha iz suvi yo‘q hovuzga qarab boribdi, bunday tikilib qarashsa, hovuzning ichi to‘la sholining poxoli emish, poxol ham yangigina solingan emish. Tagini titkilashsa Eshon bobo o‘tirganmish. – Ana, o‘zini ham olib kelishyapti, – dedi shu gaplarni aytayotgan amaki. Dala tomondan Eshon bobomni haydab ke- lishayotgan ekan, ikkita otliq, ikkita piyoda amakining oldida bitta-bitta qadam tashlab kelyaptilar. Egnilarida bobojonimnikiga o‘xshagan qora chakmon, boshlarida kichkinagina sallacha, oyoqlarida mahsi-kavush, kavush rosa loy bo‘lib ketibdi. O‘rtada to‘xtab hammaga bir-bir qarab chiqdilar-da: – Boshlaringga ko‘p tashvish soldim-da, hamqishloqlarim, afsus, – dedilar. Odamlar har xil gaplarni aytishdi. Orqada to‘n yopinib turgan ayollar yig‘lagandek bo‘ldi, bolalar ham yig‘lagandek bo‘ldi, bolalar ham yig‘lashdi. Men ham yig‘ladim. Yugurib borib oyoqlaridan achomlab olay devdim, bobojonim qo‘yib yubormadi. Bitta amaki oq otlining oldiga borib, cholni qiynamang, mayli, o‘rniga meni qamang, devdi, oq otli, buni ham ushlanglar, deb buyurdi. Eshon bobomga qo‘shib o‘sha amakini ham haydab ketishdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling