Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 191
Xudoyberdi To‘xtaboyev
190 eshitsin, shahidlarni eslash savob bo‘ladi. Hamma gapni G‘ulomboy otangdan eshitgansan. Katta akang ham uch kungacha go‘r kavlab shahidlarni ko‘mgan edi. Aytaqol, o‘g‘lim, mana bular eshitsin. Endi hamma Qosimali akamni qistay boshladi. Men ham qistadim. O‘sha bog‘da qo‘rboshi amakilar qanday shahid bo‘lganini judayam bilgim kelayot- gandi-da. O‘zi men qo‘rqinchli voqealarni, uchar otlarga mingan qo‘rboshilar haqida qiziq-qiziq hi- koyalarni, undan keyin devlar, ajdarholar to‘g‘risi- dagi ertaklarni yaxshi ko‘raman. Bobojonim bo‘lsa shunaqalar haqida hech gapirmay, katta bo‘lsang, bilib olasan deb qo‘ya qoladi... Axir men katta bo‘lib qolganman-ku? Hozir katta bo‘lmasam, qachon katta bo‘laman, Kelgan amakilar, Rahmo- njon azamat yigit ekansan, bobongni himoya qilibsan, barakalla deyishdi-ku. Qosimali amakim hammasini bilar ekan. Bo- bomdan ham ko‘p bilar ekan. O‘sha qo‘rboshi ama- kilar uyda kuyib shahid bo‘lgan kuni qattiq shamol kelib, hammayoqni taraqlatib muzlatib, tuf desa tupik ham yerga tushguncha muzlab qoladigan bir payt ekan. Qishlog‘imizni ham, yerlarimizni ham, suvlarimizni ham, osmonda uchib yurgan qushla- rimizni ham, bosmachi bo‘lib men hech joyni bosib olganim yo‘q, sening o‘zing bosmachisan deb o‘sha shapkalilarga qarsrii urishib tog‘-toshlarda sarson yurgan qo‘rboshi amakilar kechasi Hoshim baqqol- ning bog‘iga qo‘ngan ekan. Otlarini bog‘laydigan ayvon, o‘zlarini sovuqdan pana qiladigan kichkina qo‘rg‘oncha ham bor ekan. Bir kecha tunaymizu ovqat g‘amlab yana toqqa chiqib ketamiz deyishgan ekan. Jannati odamlar 191 – To‘g‘ri aytyapmanmi? – deb so‘radi Qosimali amaki. – To‘g‘ri aytyapsan, – dedi bobojonim, – chindan ham sovuq qattiq edi. Hovuzdagi muz otni ko‘tarardi. Keyin qo‘rboshilarning boshlig‘i Islom polvon degan amaki bobomga xabar yuboribdi. Bobom ellikboshi ekan-da. Darrov bitta qo‘y so‘ydirib, non yoptirib, palov damlashsin deb guruch, sabzi- piyozlar olib ularning yoniga yetib boribdi. Qo‘rboshi amakilar otlarini xashakka qo‘yib, egar-jabduqlarini yamab, daryoni kechib o‘tayot- ganlarida etiklariga suv kirib, paytavalari ho‘l bo‘lib qolgan ekan. O‘rtaga olov yoqib o‘shalarni quri- tishibdi. Sergo‘sht sho‘rvani mazza qilib ichishibdi. Keyin bobom olib borgan katta qozonda palov ham pishira boshlashibdi. Oralarida bitta sotqin bor ekan. Juda ayyor ekan, tulkidan ham ayyor ekan. O‘zi usta mergan ekanu osmondagi qushni urib tushirar ekanu, baribir sotqin ekan. Sheriklarimni qanday ushlab bersam, qanday qilib mukofotning eng kattasini olsam ekan, deb xayollar surib, rejalar tuzib, orzular qilar ekan. Egarining ostiga katta odamlarning mushticha keladigan nashani bekitib yurar ekan. Hamma o‘zi bilan ovora bo‘lib qolgan- da, oshpazning ko‘zini chalg‘itib o‘sha nashani qozonga tashlab yuborib, yana hech narsa ko‘rma- gandek bo‘lib gulxanning yoniga borib paytavasini quritishga mashg‘ul bo‘libdi. Qiziq-qiziq gaplarni aytib sheriklarini kuldirib o‘tiraveribdi. Palov pishgandan keyin davra qurishib o‘rtaga laganlarni qo‘yib, oling-oling deyishib, qo‘y boqqanning umri uzoq bo‘lsin degan gaplarni aytishib mazza qilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling