Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 189
Xudoyberdi To‘xtaboyev
188 bo‘lar ekan, qo‘rg‘onchamiz vahima ichida qolar ekan. – Erkavoy bobo, gapirsangizchi, – dedi Mo‘tabar xolam o‘zi gapirib charchagandan keyin. – Nimani gapiray, qizim? – so‘radi bobojonim. – Axir o‘sha zamonlarda ellikboshi bo‘lgan ekansiz-ku? – Ha, ellikboshi edim. – Siz o‘sha shafqatsizliklarni, qochdi-quv- dilarni, qirg‘inlarni ko‘rgansiz-ku? – Ko‘rganman, qizim, ko‘rganman. Xudoyo o‘sha kunlarni endi sizlar ko‘rmanglar. – O‘sha ko‘rganlaringizdan siz ham gapiring, hadeb bizni gapirtiraverasizmi. – Ona qizim-ey, qaytaga sizlar yaxshi eslayap- sizlar. Qarib qolibman shekilli, xotiram xira, ko‘p voqealarni yodimga keltirolmayapman. – Mana shu ijroqo‘m o‘shanda komandirmidi? – yana so‘radi o‘tirgan amakilardan bittasi. – Ha, jazo otryadi degan bir balo bo‘lar edi. Bu betofiq o‘shanga komandir edi, yuztacha soldati ham bo‘lardi, gazarmada turishardi... Iloyo qo‘rg‘on- cha ahli boshiga tushgan balolarni sizlar ko‘rmang- lar. Bu haromi yurtni ko‘p qiynagan, ne-ne yigit- larni qurbon qilmadi u. Qo‘rg‘onchamiz ikki o‘t ichida yonardi, tog‘ tarafdan o‘zimizning yigitlar tushsa, Qo‘qondan qilich yalang‘ochlab, zamba- ragini o‘qlab qizil shapkalilar kelardi. Hamma otishmalar mana shu bog‘larda bo‘lardi. Uylar kuyardi, mollarimiz molxonada yonib kabob bo‘- lardi... Iloyo o‘sha kunlarni sizlar ko‘rmanglar... Lekin Yaratganning dargohi keng, zolimni jazola- masdan qo‘ymaydi... Jannati odamlar 189 Bobomdan ko‘ngil so‘ragani chiqqanlar orasida soy bo‘yidagi G‘ulom bobomning o‘g‘li Qosimali akam ham bor edi. G‘ulom bobom, bor, Erkacholdan xabar olib chiq, ko‘ngil so‘ra, o‘g‘illari shahid bo‘lib ketgan, hech kimi yo‘q, kampiri bilan mung‘ayib- gina o‘tirgandir, degan ekan. Shu amakining bitta manqa xotini ham bor-da. Yo‘q, o‘zi juda yaxshi, qo‘rg‘onchamizdagi hamma bolalarga ko‘ylak tikib beradi, zingir mashinasi ham bor. Shu opa ham eri bilan chiqqan ekan. Men undan qo‘rqib, tag‘in bobomga chaqib bermasin, deya ko‘zini poylab o‘tirdim. Ilgari ovozimizni burnimizdan chiqarib, amma, eshiging tamma, deb qochardik. Ro‘zada boychechak aytgani borib hammamiz ovozimizni burnimizdan chiqarib, manqalanib, boychechak aytib keldik eshigingizga, Xudoyim o‘g‘il bersin beshigingizga, deb kulishib-kulishib aytayotgan edik, eshikning orqasida poylab turgan ekan, kaltak olib hammangni otangga aytib bermasammi, molxo- naga qamatib qo‘ymasammi, deb quvlab qoldi. Baribir bizga yetolmadi... O‘shandan buyon shu opadan qo‘rqib qochib yurardim. Hozir yana qo‘rqayotgandim, xayriyat, opa menga hech qaramayapti... Qosimali amakim, Erkaboy bobo bir to‘planishib qoldik, bunaqasi hadeb bo‘lavermaydi, Hoshim boqqolning bog‘ida bo‘lgan voqeani gapirib bering, axir siz o‘sha qirg‘inning tepasida bo‘lgansiz-ku, devdi, boshqalar ham aytaqoling, deyishdi. Men ham, jon bobojon, aytib bering, deb yolvordim. Bobom boshini chayqab: – Yo‘q, mehmonlarim, yuragim chidamaydi, – deb boshini anchagacha chayqab turdi. – Qosimali, yaxshisi o‘zing so‘zlay qol. Mayli, eshitmaganlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling