Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- QO‘RG‘ONCHAMIZ UCH KUN YIG‘LADI R
- Jannati odamlar 181
Xudoyberdi To‘xtaboyev
180 ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilibdi, vujudlari terakning bargidek dirillab qaltirabdi. Oxiri chidol- mabdilar, yulqinib chiqib, o‘zlarini olovga tashlab- dilar, yonayotgan bir kitobni olib ko‘ksilariga bosib o‘chiribdilar, shapkalilarga qarab «kofirlar, it emchagini emganlar, xudoyo qo‘llaring go‘rda chirisin» deb qarg‘ab, qo‘llaridagi chala yonib turgan kitob bilan boshliqning naq boshiga urib- dilar. Boshliqni urib bo‘lmas ekan, ular huku- matning odami hisoblanisharkan, ularni urgan odam, albatta, o‘n yilga qamalar ekan. Hazra- timning qo‘llarini orqasiga bog‘lab olib ketibdilar, eshigi temirdan yasalgan qorong‘i uyga qamab qo‘yibdilar. Yotaveribdilar, yotaveribdilar. Namoz o‘qibdilar, Ollohning nomini tillaridan qo‘ymab- dilar. Shapkalilar orasida ham insoflilari bor ekan. O‘sha insofli odam eng katta boshliq ekan. Hazratim qamoq muddatini melisa idorasida qorovullik qilib o‘taysan, deb farmon beribdi. Xudo ko‘ngliga solgan ekanda, shuning uchun Hazratimni qamalishdan saqlab qolibdi. O‘shandan buyon Eshon hazratlari qorovullik qilib, kozarmodagi cho‘chqalarga ham qarab turarkanlar... – Endi uxla azamatim, men ham uxlayman. Ana bobong ham uxlab qoldi, shekilli, xurrak otayapti... QO‘RG‘ONCHAMIZ UCH KUN YIG‘LADI R ostdan ham mozor boshigacha ergashib bordik, xolos, u yog‘iga o‘tmadik. Past mahallaning bolalari juda yomon, nega bizning ko‘chaga kel- Jannati odamlar 181 dilaring, nega eshigimizdan mo‘ralab qaradilaring deb quvlashadi, itlari ham qo‘shilib quvlaydi. Mozor boshigacha katta bolalar ham, men ham sal-pal yig‘lab, sal-pal hiqillab bordik. Otliq amakilar oldida asta-sekin ketayotgan Eshon bobom bizga bir martagina qarab qo‘ydilar, xolos. Hali aytuvdim- ku, kulimsirab turuvdilar deb, endi hech ham. kulimsiramay, yig‘lamsirab qaradilar. Qorong‘u uyga qamab qo‘yishsa qo‘rqaman deyotgandirlar- da. Yurishdan to‘xtab qarab turuvdik, Eshon bobom ham to‘xtab, orqalariga o‘girilib, endi bizga sal kulimsirab qaradilar, hammadan ko‘p menga qaragandek bo‘ldilar. Men ham hammadan ko‘p tikilib turdim. – Taqsir, qani yursinlar, xayrlashuv tugadi, – dedi haydab borayotgan otliq amaki. Shundan keyin hammalari jo‘nab ketishdi. Biz ham orqamizga qaytdik, kelayotganimizda har xil gaplardan gaplashdik. Qulijon o‘rtog‘im bor-ku, o‘sha melisa amakilarning yelkasidagi yulduzini sanabdi: novchasida bitta, pakanasida uchta yulduz bor ekanu, qolgan ikkita melisa amaki yelkasiga opalar lozimiga jiyak qadaydi-ku, haligi yiltirab turadigan, o‘shanaqa lattadan qadab olgan ekan. Shunga o‘xshash yaltiroq latta Qulijon o‘rto- g‘imda ham bor ekan, ertaga yelkasiga tiktirib olar ekan. Abduhalim o‘rtog‘im ijroqo‘m bobosini qamchi bilan urayotganida yig‘labdiyu yugurib borib oyog‘idan tishlash hech esiga kelmabdi. Oldin sening bobongni urganda, oldin sen uni tishlab olganingda sendan o‘rganib olardim-da, keyin men ham boplab tishlar edim, dedi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling