Janat Odamlar n65. p65
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Janat Odamlar n65
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jannati odamlar 185
Xudoyberdi To‘xtaboyev
184 gimni yecha boshladi. Men etikni yomon ko‘ra- man, undan botinka yaxshi, ipini bunday-bunday qilib yechsangiz oyoqdan kuni nam tortib hech yechilmay turaveradi. Enam bir poyidan tortgan edi, ostimdagi po‘stak bilan qo‘shilib sudralib poygakkacha borib qoldim. O‘shanda ham yechil- madi. Bunisini tortuvdi, endi o‘choq tomonga sudralib keldim. Eh, shu etikni bugun kiymasam bo‘lar ekan, ikkovimiz ham rosa qiynaldik. Enam ustasidan rosa xafa bo‘ldi, uyi donga to‘lsin, solgani idish topolmasin degan gaplarni aytdi. Keyin muzlab ketgan oyog‘imdan o‘pib: – Ta’ziringni yebsan-ku, bolam, – deb qo‘ydi. O‘rnimdan turib enajonimning bo‘ynidan achomlab o‘zi sal-pal yig‘lagim kelib turuvdi, rosmana yig‘lab yubordim. Enam, qo‘y bolam, yig‘lama, devdi, ovozimni chiqarib battar yig‘ladim. – Nega yig‘laysan axir, nega? – ko‘ksiga bosib yelkalarimdan silay boshladi enajonim. – Endi meni ham qamasharkan, – deb zo‘rg‘a gapirdim. – Seni nega qamasharkan, qulunim? – Oyoqlarini tishladim-ku, qulog‘ini qonatdim. – Qaysi o‘rtog‘ing bilan urishding? – O‘rtog‘immas, ijroqo‘m boboni tishladim deyapman. – Ijroqo‘m boboni, voy sho‘rim, nimalar deyapsan? – O‘zi bobomni urdi-ku, qamchi bilan urdi, nega uradi bo‘lmasa? – Voy, Otajon, gapirsangiz-chi. Bolangiz nima deyapti, eshityapsizmi? Jannati odamlar 185 Bobojonim Bo‘rhovuz bo‘yidan qaytib kelib kampirim o‘zi eshitgan bo‘lsa bo‘ldi, yuragini g‘ashlab nima qildim, deb enajonimga hech narsa aytmay, qamchi zarbidan shishgan yuzini ko‘rsat- may sandalga kirib yotvolgan ekan. Enam ertalab- dan buyon molxonadan chiqqanim yo‘q, kimdan ham eshitardim, siz bo‘lsangiz meni odam qatoriga qo‘shmaysiz, men sizning cho‘ringizman, dedi. Bobomning yuzidagi shishini ko‘rib yig‘lashga tushdi. Eshon hazratlari musichadek beozor kishi edilar, parishtadek begunoh edilar, xudoyo cho‘chqa boqmay cho‘chqadek bo‘kirib o‘lgurlar, deb qamoq- qa olib ketgan amakilarni rosa qarg‘adi. Mening sho‘rlik cholginamda nima ayb, begunoh go‘dagim- da nima ayb, qamchi ko‘targan qo‘llaring go‘rlarda chirigurlar, degan gapni ham aytdi. Kevin uyning burchagida o‘tirib olib, otishmada o‘lgan tog‘alarimning nomini aytib, sizlar tirik bo‘lganlaringda qari otalaringni zolimlarga kaltak- latib qo‘yarmidilaring, zo‘ravonlarning ta’zirini berib qo‘yardinglarku, bevaqt ketgan azamatlarim, shahid bo‘lgan arslonlarim, deb yiglayverdi, yig‘layverdi. Birpas bobom yig‘ladi, birpas enam yig‘ladi. Bir-birlarini hecham yupatisha olmadi, yupatib turib yana yig‘lab yuborishadi. Bobom ovozini chiqarmasdan, ko‘z yoshlarini artib-artib yig‘lasa, enam xuddi tog‘orada xamir qorayot- gandek, kigizni mushtlab-mushtlab, g‘ijimlab yig‘- laydi. Oxiri bir-birlariga suyanib jim bo‘lib qolishdi. Enajonim bobomning yelkasiga boshini qo‘ygan edi, bobom meni erkalaganda yumshoq-yumshoq silaydi- ku, o‘shanaqa qilib yuzlarini, boshlarini silab, qo‘y |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling